Microsoft Word togaymurod otamdan qolgan dalalar lotin ziyouz com doc



Download 0,67 Mb.
Pdf ko'rish
bet185/205
Sana18.02.2022
Hajmi0,67 Mb.
#452117
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   205
Bog'liq
T.Murof

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
145
bo‘ladi, shunday qaynoq bo‘ladi!.. 
Tanamda qaltiroq qo‘zg‘aldi. Bor es-hushim junbishga keldi. Tilim kalovlanib-kalovlanib qoldi. 
— Men... men «dushman» emasman, — dedim. — Qo‘sha-qo‘sha orden-nishonlarimiz bor. Uktabr 
ordeni, Mehnat Qizil Bayroq ordeni... 
— Demak, laycha ekansan-da, churban? Zindonda orden-nishondorlarni laycha, deydi. 
—Laychalardan zindonbandlar jirkanadi, churban. Aslo orden-nishondorman, dema — tayoq yeb 
o‘lasan! 
— Tavba qildim, menda orden-nishon yo‘q, tavba qildim! — deya talvasada qoldim. — Orden-
nishon terimchi enamizda bor. 
— Baribir! Orden-nishon otini ayta ko‘rma — o‘lib ketasan! 
— Mana, men — Sho‘ro Ittifoqi Qahramoniman, ha, Sho‘ro Ittifoqi Qahramoni! 
Ishonmayapsanmi? Ana, «Sadist»dan so‘ra. 
— Chin, «Sokol» Sho‘ro Ittifoqi Qahramoni. Qandahorni bilasan-a? «Sokol» ana shu Qandahorni 
kunpayakun etishda qatnashdi. Qandahorni misoli ikkinchi Stalingrad etdi! Qandahorni kunpayakun 
etishda ko‘rsatgan jasorati uchun Sho‘ro Ittifoqi Qahramoni bo‘ldi. 
— Ana, eshitdingmi, churban? Meni Afg‘onda «Sokol» deyishar edi —«Sokol!» 
— Qulluq, «Sokol»boy, qulluq. 
Men umrimda chekkan emas edim, men umrimda ichgan emas edim. Ana shu Afg‘onda 
o‘rganib keldim. Ittifoqqa kelsam — bariyoq qup-quruq! Nimaga bunday, dedim. Ichkilikka qarshi 
kurash boshlandi, dedi. Bu ahmoqchilik kimdan chiqdi, dedim. Markaziy Qo‘mita kotibi 
Ligachyovdan, dedi. Qaerda o‘sha Ligachyov — hozir bo‘g‘ib o‘ldiraman, dedim. Ligachyovga 
qo‘ling yetmaydi — Ligachyov Kremlda, dedi. Unda aroqdan ber — men Afg‘onda qon kechib 
keldim, dedim. Aroq yo‘q, dedi. Bir shishagina aroq qidirib shahar kezdim! Barida shu gap bo‘ldi! 
Men kim, daydi it kim — bilib bo‘lmadi! Oxiri bir do‘konchi yoqasidan oldim. Men nomi ulug‘, 
suprasi quruq Sho‘ro Ittifoqi uchun jon olib, jon berdim — bir shishagina aroq ber, dedim. Do‘konchi 
melisa chaqirdi. Ikkita mishiqi melisa kelib, qo‘llarimni qayirdi. Tayoqchasi bilan kallamga urdi. Urma 
meni, dedim-da — birovini ariqqa otib yubordim. Keyin bilsam — o‘lib qolibdi. 
14 
— Shu ko‘rgiliklarni ko‘rishimni bilsam edim — Afg‘ondan qaytib kelmas edim. Afg‘on qirib 
yura berar edim. 
— Bo‘lmadi— Gorbachyov qaytarib keldi. Gorbachyov bo‘lmasa edi — «dushman»larni bitta 
quymay qirib tashlar edim. 
— Keyin, Afg‘oniston ham o‘zimizniki bo‘lib qolar edi. 
— Haliyam o‘zimizniki. Ana, 1973 yilda Muhammad Dovud qo‘li bilan Zohir Shohni taxtdan 
qulatib, ikki yuz yillik Afg‘oniston shohligiga barham berdik. Muhammad Dovud gapimizga kirmay 
berib edi — 1978 yilda bir kechada yo‘q qildik. Taxtnn Nurmuhammad Taraqqiyga olib berdik! 
— Hafizulla Amin gapimizga kirmay berib edi — 1979 yilda o‘ldirib yubordik! Taxtga Babrak 
Karmalni olib kelib qo‘ydik. 
— Babrak Karmal Maskov o‘tir desa o‘tirmadi, tur desa — turmadi. Ammo Karmalni ayadik. 1986 
yilda Ittifoqqa olib keldik. Bir kulbaga nazarbandi etdik. Karmal xudo bexabar nazarbandi bo‘lib yota 
berdi. 
— Taxtga Najibulloni qo‘ydik, de. 
— Najibullo Maskovga sodiq ishlayapti. Najibullo vafodor laycha ekan. 
— O‘zi, Afg‘oniston o‘n oltinchi jumhuriyatimiz bo‘lishi kerak edi. 
— Bir hisobga o‘n oltinchi jumhuriyatimiz bo‘lmaganiyam yaxshi bo‘ldi. Mana, manavi 
churbanlarni Sho‘ro hukumati shuncha yil boqdi — bari bir tuzemetsligicha qoldi! 


Tog‘ay Murod. Otamdan qolgan dalalar (roman) 

Download 0,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   205




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish