Microsoft Word togaymurod otamdan qolgan dalalar lotin ziyouz com doc



Download 0,67 Mb.
Pdf ko'rish
bet159/205
Sana18.02.2022
Hajmi0,67 Mb.
#452117
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   205
Bog'liq
T.Murof

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
122
oldi. 
O‘g‘limiz bir nimani bag‘riga bosib yig‘ladi. Oyoqlarini tipirchilatib yig‘ladi. Yer tepinib yig‘ladi. 
Tuproq changib-changib qoldi. 
O‘g‘limiz yig‘lay-yig‘lay — oxiri holdan toydi. O‘pkasini bosolmay hiq-hiq nafas oldi. 
O‘g‘limiz qalt-qalt etdi. Yelkalari pir-pir uchdi. Boshi sarak-sarak bo‘ldi. 
Bola qo‘rqdi! 
Ko‘zini ohista ochdi. 
— Tur, uyga yur, — dedim. 
O‘g‘limiz ingilladi. Ko‘zini tag‘in yumdi. Yuzini yer qo‘ydi. 
O‘g‘limizni bir yoniga ag‘dardim. Nima ekan deya, bag‘riga qaradim. 
O‘g‘limizni bag‘rida ikki dona xurmo bo‘ldi. 
O‘g‘limiz xurmolarni tag‘in-da bag‘ir bosdi. Yer tepib-er tepib yig‘ladi. 
— Bermayman, yo‘q, bermayman! — dedi. O‘g‘limizni dast ko‘tarib qo‘ltiqlab oldim. O‘g‘limiz 
qo‘ltig‘imda tepkilab yig‘ladi. Bilaklarimni tishlab yig‘ladi. 
Yosh bolani tishi yomon-da — bilaklarim achishib og‘ridi. 
Bir amallab ichkari olib kirdim. Og‘ziga tars etkizib bir urdim. 
Joni yomon-yomon og‘ridi shekilli — og‘zini ushlab-ushlab yig‘ladi. 
Ana shunda xurmolar yer tushdi. Xurmolar yumalab-yumalab jo‘nadi. 
Men xurmolarni ushlab-ushlab keldim. 
Hamsoya-qo‘llarnikidan onamiz keldi. Og‘zini ushlab yotmish o‘g‘limizni yerdan ko‘tarib oldi. 
Shunda, o‘g‘limizni og‘zi burnida qip-qizil qon ko‘rdim. 
Onamiz o‘g‘limizni yer enkaytirdi. Kafti bilan og‘zi burnini artdi. 
— Ha, qo‘ling sinsin-a, shugina norasidani urgan qo‘lginang sinsin-a! — dedi. 
Onamiz tevarak alangladi. Tandir oldida yotmish temir kosovni olib otdi. 
Men enkayib qoldim — kosov ustimdan o‘tib ketdi. 
Onamiz yerdan bir siqim tuproq oldi. O‘g‘limizni og‘zi burnini artdi. Doka ro‘moli uchidan yirtish 
oldi. Yirtishni yumaloqlab o‘g‘limizni burniga tiqdi. 
— Bola senga nima qildi-a, norasida bola senga nima qildi-a? — dedi. 
Men qo‘limdagi xurmolarni ko‘rsatdim. 
Manavini qarang, shuni olib qochdi! — dedim. 
— Shugina uchun norasida bolani og‘zi burnini qon qilasanmi, yerparchin bo‘lgur? 
— O‘ynab qo‘yay shuginadan, shuginani kilosi uch so‘m turadi! 
— Shu ikkovgina xurmoga-ya? Ha, qirchiningdan qiyilgin, qirchinginangdan qiyilgin! 
— Ikkovgina bo‘lgan bilan salkam bir kilo keladi! 
— Bir kilo kelsa nima bo‘pti? Ha, xurmolaring boshingdan qolsin, boshginangdan qolsin! 
— Ertaga mehmon kelsa, oldiga nima qo‘yaman? Birovini bunisi yesa, birovini unisi yesa, 
mehmonlar nimani yeydi? 
— Nima, mehmonlardan xurmo qarzing bormi, yer-chilim bo‘lgur? 
— Qarzim yo‘q, ena, qarzim yo‘q. Lekin mehmon atoyi Xudo-da. Mehmon otadan ulug‘-da. 
Mehmonlar oldida kim degan odam bo‘lamiz? 
— Unda, mo‘lroq ol edi... 
— Xurmoni pulga beradi. Enam aytdi degan bilan bermaydi. 
— Bola bola-da, ko‘ngli ketadi... 
— Katta mehmonlar insofli bo‘ladi, ena. Nazari to‘q odamlar bo‘ladi. Barini yeb qo‘ymaydi! 
Dasturxonda qoldiradi! Mehmonlardan qolsa — bolalar yeydi-da! 
Gapim ma’qul bo‘ldi shekilli — onamiz o‘g‘limizni ichkari yetaklab ketdi. 
Men xurmolarni yengim bilan artib-artib oldim. Joyiga olib borib qo‘ydim. 
Jovuz donalariga qarab o‘tirib-o‘tirib... og‘zimni suvi qochdi! Beixtiyor qo‘l uzatdim. 


Tog‘ay Murod. Otamdan qolgan dalalar (roman) 

Download 0,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   205




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish