Tog‘ay Murod. Otamdan qolgan dalalar (roman)
www.ziyouz.com
kutubxonasi
5
mana bunday dirkillab turibdi!
Momomiz og‘zini ushlab-ushlab kuladi.
— Bir yotsa, yotibdi-da.
— Bo‘ldi, endi u daladan baraka ko‘tarildi.
— Bosib-bosib suvlang. Suv nimalarni yuvmaydi.
— Suv? Suv qoldimi! Oq to‘ng‘izday ariq ag‘nay berib, suvni-da haromladi!
It-da ariq labidan
yalab-yalab suv ichadi! Oqpodsho bo‘lsa, oq to‘ng‘izday ariq ag‘nadi!
Momomiz gap bilan andarmon bo‘lib bilmaydi.
Ko‘ylak etaklari yig‘iladi-yng‘iladi — tizzalab boradi. Tag‘in yig‘iladi-yig‘iladi— tizzadan sonlab-
sonlab boradi.
Momomiz lozim ulog‘lari namoyish bo‘ladi. Bobomiz bo‘sh piyolani zarda bilan to‘ntarib
tashlaydi. Lik etib joyidan turadi.
— Etagingizni yopsangiz bo‘lmaydimi? — deya o‘shqiradi. — Nima, Oqposhshomidingiz?
9
Bobomiz tog‘lab borolmay qoladi.
Hufton vaqti-hufton vaqti guzardan achchiq-achchiq baqiriq-chaqiriq keladi.
Bobomiz
nima gap, deya chopqillab-chopqillab boradi.
Guzar olato‘polon bo‘ladi. Guzar olatasir bo‘ladi.
— G‘azot, g‘azot!
— Muhoraba, muhoraba!
Bobomiz o‘z dardini o‘zi tuyadi. Bobomiz o‘z kuyigini o‘zi tuyadi.
Gap yo‘q, so‘z yo‘q — qinidan pichog‘ini oladi.
Birov pichoq oladi. Birov tayoq oladi. Birov tosh oladi.
El oqkaltak-qorakaltak bo‘ladi.
El mulla Namozni oppoq kigiz soladi. Kigiz to‘rt burchidan oladi.
El kigiz ko‘tarib-ko‘tarib takbir aytadi. El kigiz ko‘tarib-ko‘tarib zikri samo’ aytadi.
El ushbu kigizdayin oppoq ot yetaklab keladi.
El mulla Namozni ana shu oppoq kigizdan ana shu oppoq otga mindiradi.
— Pirim, yo‘l boshlasinlar! — deydi. Mulla Namoz oq otda kaft ochadi. El
yoppa baraka omin
qiladi. Mulla Namoz oq otda yo‘l oladi.
El ko‘tariladi. El oq otliq ketidan yo‘l oladi.
Yo‘lda ushoqday Ibodin soqov qatiq sotadi. Elga kadida qatiq tutadi. «Ap-ap-ap», deydi.
«Qatiqdan ichib ketinglar, qatiqdan», demoqchi bo‘ladi.
Alvir-shalvir Ibodin soqov Hayotxon degich momoning yolg‘iz o‘g‘li bo‘ladi. Tug‘ma soqov
Ibodin iljayib-iljayib yuradi. Baqrayib-baqrayib yuradi.
Yelg‘iz o‘g‘il Ibodin, soqov o‘g‘il Ibodin, qatiq sotib ona boqadi.
El Ibodin soqovni aylanib o‘tadi. El Ibodin soqovni yo‘ldan qoch, deya turtib o‘tadi.
Ibodin soqov keti bilan o‘tirib qoladi.
Bobomiz ushoqday Ibodin soqovni dast ko‘tarib, chet oladi. O‘ngiri bilan bet-boshini artadi.
Qatig‘ini bir ko‘tarishda ichadi. Qo‘liga chaqa beradi. Yelkasiga qoqa-qoqa uyiga jo‘natadi.
El Oqpodsho qarorgohilab kelgunichayin olaqaroq tun bo‘ladi.
El o‘qlog‘day-o‘qlog‘day cho‘yan panjaralar bilan o‘ralmish qarorgohni o‘rab oladi.
Oq otliq qarorgoh eshigidan ot qo‘yadi.
Oqkaltak-qorakaltak el-da o‘zlarini eshik uradi.
Eshikog‘alar dang qotib qoladi.
Otishlarini-da bilmaydi, otmaslarini-da bilmaydi.
Eshikdan boshlab qon to‘kiladi.