1. Avtoturar joylar. Aholi yashash punktlari, ish joylari va xizmat ko‘rsatish markazlarida avtomobil to‘xtash joylari va garajlar



Download 19,09 Kb.
bet1/3
Sana25.09.2021
Hajmi19,09 Kb.
#184776
  1   2   3
Bog'liq
3-maruza


3-Ma’ruza

MAVZU: Avtoturar joylar. Bir qavatli va ko‘p qavatli yer osti va yarim yerosti avtoturar joylarining qurilma yechimlari.

Reja:


1. Avtoturar joylar.


2. Aholi yashash punktlari, ish joylari va xizmat ko‘rsatish markazlarida avtomobil to‘xtash joylari va garajlar

Avtomobil aholining uzog‘ini yaqin qiladigan, hayot sifatini


oshiradigan vositalardan biri. Mustaqillik yillarida xalqimiz turmush
darajasi naqadar yuksalganini birgina shu jihat orqali ham anglash, his
qilish mumkin.

Mashinalar ko‘pligidan tirbandliklar yuzaga kelmoqda. To‘xtash joylari


yetmay, ko‘p qavatli avtoturarjoylar barpo etilmoqda. Aholining yurtimizda ishlab chiqarilgan yengil avtomobillar bilan ta’minlanish
darajasi tobora o‘smoqda. Agar 2000 yilda har 100 oilaga o‘rtacha 20 ta
yengil avtomobil to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, bugungi kunda bu raqam 71,4 taga
yetgan. Oilalarning 31 foizdan ortig‘i ikkitadan yengil avtomobilga ega.
Bu ko‘rsatkichlar mamlakatimizning jadal rivojlanayotgani, xalqimiz
farovonligining oshib borayotganidan dalolatdir. Tarixan qisqa davrda,
o‘z kuchimiz, o‘z aqlu zakovatimiz bilan shunday ulkan muvaffaqiyatlarga
erishayotganimiz ertangi kunga ishonchimizni mustahkamlaydi. Avtotransport vositalarini joylashtirish ularning qanday ishlarga
mo‘ljallanganligi va turlari, ekspluatatsiya sharoiti, ishga chiqish va
kirish tartibi hamda almashinuvlar oralig‘ida servis va ta’mir o‘tkazish
vaqtlariga mos kelishi zarur. Bulardan tashqari saqlashni tashkil etishda
harakat xavfsizligini ta’minlash, maydondan tejamli foydalanish va
sarflanadigan sarmoyaning samaradorligiga erishishni ta’minlash kabilar ham ko‘zdatutiladi.

Shaxsiy avtomobillarni saqlash uchun garaj olish, ko‘pqavatli uyjoylar atrofiga mashinalarni qo‘yish borasida ba’zi muammolar yuzaga


kelmoqda. To‘g‘ri, ko‘pqavatli uylarda yashaydigan aholining ancha-munchasi
o‘z shaxsiy avtomobilini saqlash joyiga - garajlarga ega. Biroq garaji
yo‘qlar ham oz emas. Bunday hollarda avtomobillarni odatda ko‘p qavatli
uylar yoniga, pod’ezdlar oldiga qatorlashtirib qo‘yishadi.
Avtomobillar soni yil sayin ko‘payib borishi ularni saqlash uchun
yetarlicha avtoturargohlarni qurishni talab etadi. Ayniqsa, shahar
joylarda bunga talab va ehtiyoj tobora ortmoqda. Shu ma’noda,
avtomobillarni qo‘yish joylarini qurish, ulardan foydalanish tartibqoidalari hamda fuqarolarning ularga amal qilishiga doir munosabatlar
huquqiy tartibga solinishi tabiiy ehtiyoj hisoblanadi.
Avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash joylarini tashkil
etish masalasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010
yil 5 apreldagi «Avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash bo‘yicha
pulli xizmatlar ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar faoliyatini tartibga solish
chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori asosida tartibga solinadi. Bugungi
kunda «Namunaviy mahalla» dasturi asosida mavzelar hududidagi
betartib o‘rnatilgan garajlar buzilib, ular o‘rnida ochiq turdagi,
qo‘riqlanadigan avtoturargohlar tashkil etilmoqda va avtotransport
vositalarini mazkur maydonchalarda saqlash maqsadga muvofiqdir. Ko‘pincha ko‘p qavatli uy-joylar tagida pod’ezdlar oldida, yo‘lkalarda
avtomobillar turadi. Bu holat uyga kirib-chiqishda ba’zan muayyan
qiyinchiliklarni keltirib chiqarishi ma’lum. Qolaversa, bolalarning,
odamlarning hayotiga xavf solishi ham turgan gap.
Ko‘pqavatli uylar yo‘lkalari va pod’ezdlarda avtomashinalar to‘xtab
turishi yoki qoldirib ketilishi, bu yerda favqulodda holat sodir bo‘lganda
maxsus texnikalarning yurishi (yoki o‘tishi)ni qiyinlashtirib, xalaqit
beradi. Shu bois ham bunday joylarda mashinalarni qoldirib ketish
qat’iyanmanetiladi.

Rekonstruksiya qilinayotgan va yangi qurilayotgan avtoturargohlar ishga


tushguniga qadar, shaxsiy avtotransport egasi o‘z mashinasini sanitariya
me’yorlariga asosan, turarjoydan 15 metrdan kam bo‘lmagan masofada
vaqtincha saqlab turishiga ruxsat berilgan.
Umumfoydalanadigan avtoturargohlarni barpo etib bo‘lib, yetarlicha
sharoit yaratilgandan keyingina fuqarolarning pod’ezd va yo‘lkalarga
mashinalarini qoldirmasliklariga erishish mumkin. Bunda har bir fuqaroning mashinaga umumfoydalanadigan avtoturargohlardan alohida doimiy bepul joy ajratilishi ko‘zda tutilmoqda. Ana shundan keyin ham qoidaga amal qilinmasa, mahalla tomonidan tegishli tartibda tushuntirish-targ‘ibot ishlari olib boriladi, amaldagi qonunchilikka asosan shaxsiy garajlar vaqtinchalik qurilma hisoblanadi. Yerdan vaqtinchalik foydalanish uchun tuzilgan shartnomaga binoan, garajni olib tashlash talab qilinganda, garaj egasi talab qilingan muddat ichida o‘z hisobidan garajni olib tashlashi kerak.
Shaxsiy garajlarni olib tashlashda asosan, quyidagilar inobatga
olinmoqda:

— noqonuniy o‘rnatilgani;

— maqsadga muvofiq foydalanilmayotgani;

— yong‘in xavfsizligi va sanitariya-gigiena me’yorlari talablariga javob


bermasligi;

— ariq va kanal bo‘ylarida, yer osti kommunikatsiyalar o‘tkazilgan maydonlarda, ijtimoiy soha, maktab va maktabgacha ta’lim muassasalari yonida joylashgani.

Hozirgi kunda avtomobillar xavfsizligi to‘la ta’minlangan, video kuzatuv o‘rnatilgan, yaqin-atrofdagi aholi uchun imtiyoz tariqasida avtomobillarni saqlash uchun to‘lov narxi bir muncha arzon belgilangan.


Download 19,09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish