O‘zbekiston hududidagi ilk davlatlar 6-sinf Tarix fani darsligi asosida 20-mavzu Yozma manbalarning guvohlik berishicha, miloddan avvalgi VII–VI asrlarda O’zbekiston hududida so‘g‘diylar, baqtriyaliklar, xorazmliklar, sak va massaget elatlari yashaganlar.
O'rta Osiyo elatlari
Mill. avv. VI asr
Zarafshon va Qashqadaryo vohasida dehqonchilik bilan shug‘ullanuvchi ko‘plab aholi istiqomat qilgan. So‘g‘diylarning eng yaqin qo‘shnilari baqtriyaliklar bo‘lib, ularning yurti Surxon vohasi, Afg‘onistonning shimoliy, Tojikistonning janubiy hududlarida joylashgan. Cho‘llar va Amudaryo bo‘ylarida ko‘chmanchi massaget qabilalari yashaganlar.
O’rta Osiyoning tog‘lik, dasht va cho‘l yerlarida asosiy mashg‘uloti chorvachilik bo‘lgan saklar istiqomat qilishgan.
Xorazm So’g’diyona va Baqtriya aholisining asosiy mashg‘uloti sun’iy sug‘orishga asoslangan dehqonchilik bo‘lgan. Jamiyat hayotida hunarmandchilik va savdoning ham o‘rni kata bo’lgan. Manzilgohlardan yuqori sifatli kulolchilik idishlari, temir va bronza buyumlari topilgan. Ko‘chmanchi sak va massaget qabilalarining asosiy mashg‘uloti chorvachilik bo‘lib, ularning tuya, ot va qo‘y-echkilardan iborat katta-katta podalari bo‘lgan. Qadimshunoslar Afrosiyob (Samarqand), Yerqo‘rg‘on va Uzunqir (Qashqadaryo vohasi), Ko‘zaliqir (Xorazm), Qiziltepa (Surxondaryo vohasi) kabi qadimiy shaharlarni o’rganishgan.
Qadimgi Yerqo‘rg‘on shahri
Qadimgi shaharlarga xos umumiy belgi ularning mudofaa devorlari bilan o‘ralganligidir.
Qadimiy Baqtriya uy-qo‘rg‘oni.
Surxondaryo vohasi.
Mil. avv. VII – IV asrlar
Miloddan avvalgi VII asrda tashkil topgan Qadimgi Baqtriya davlati O’rta Osiyo hududidagi qadimgi davlatlardan biri sanaladi. Marg‘iyona va So‘g‘diyona Baqtriyaning siyosiy va madaniy ta’sirida bo‘lgan. Shuning uchun u qadimda bir-biriga qarindosh bo‘lgan elatlarning davlat birlashmasi deyilgan. Qiziltepa, Uzunqir, Yerqo‘rg‘on va Afrosiyob o‘rnida Baqtriya va So‘g‘dning markaziy shahrlari joylashgan. Yana bir qadimiy davlat Xorazm hududida tashkil topgan. Bu davlat Xorazmdan tashqarida bo‘lgan yerlarni ham birlashtirgan. Qadimgi Xorazm markazlaridan biri Ko’zaliqir shahri bo‘lgan. Savol va topshiriqlar 1. Miloddan avvalgi VII–VI asrlarda O’zbekiston hududida qaysi qabila va elatlar yashaganlar? 2. Miloddan avvalgi VII–VI asrlarda O’zbekiston hududida rivoj topgan hunarmandchilik turlarini sanab bering. 3. O’zbekistonning qadimgi davlatlari qaysilar? 4. O’zbekistonning ilk shaharlari qanday ko’rinishda bo’lgan? 5. O’zbekistonning ilk shaharlarini yozuvsiz xaritada belgilang. 6. Eng qadimgi shaharlar va davlatlar qaysi viloyatlarida tashkil topgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |