Microsoft Word togaymurod otamdan qolgan dalalar lotin ziyouz com doc



Download 0,67 Mb.
Pdf ko'rish
bet156/158
Sana16.03.2022
Hajmi0,67 Mb.
#493499
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   158
Bog'liq
togaymurod otamdan qolgan dalalar lotin ziyouz com e5365

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
161
Men g‘animlarimdan alam olish uchun shaylandim. 
Men kim ekanimni bir ko‘rsatib qo‘yish uchun katta asarga qo‘l urdim. 
Nihoyatda... nihoyatda sanoqli kunlarda «Yulduzlar mangu yonadi» nomli birinchi qissamni 
yaratdim. 
Men bu qissam bilan g‘animlarimga: «Mana, men kimman!» degan bo‘ldim. 
Qissa elga manzur bo‘ldi. 
O‘zbekiston Yozuvchilar Uyushmasi hisobot yig‘ilishida yilning eng yaxshi qissasi, deya 
baholandi. 
G‘animlarim bir kuydi, bir kuydi-e! 
Bu — tasodif, dedilar. Kesakdan olov chiqdi, dedilar. Fisq-fasod tarqatdilar. 
Bir chaqasiz kunlarim bo‘ldi. Ijara haqini to‘lay olmay, ijaradan haydalmish kunlarim bo‘ldi. 
Boshpanasiz kunlarim bo‘ldi. 
Men qishlog‘imga qaytdim. 
Onam sandiq kovladi. Lattalar ostidan bir tuguncha oldi. Tugunchani uch-to‘rt aylantirib ochdi. 
Tugunchadan besh-olti so‘m pul chiqdi. 
Onam shu pulni menga uzatdi. 
Shunda... men bir boshqa bo‘lib qoldim. Men tashqari otilib chiqib ketay, dedim. 
Bu pul... onamni... o‘limlik puli bo‘ldi. 
Men devorni ushlab qoldim. 
— Olmayman... — dedim. 
— Ol, sen shoir bo‘lsang bo‘ldi, ol, — dedi onam. 
— Yo‘q... — deya bosh chayqadim. 
— Ol, sen shoir bo‘lmaguningcha men o‘lmayman, — dedi onam. — Men sening shoirligingni 
ko‘rmagunimcha o‘lmayman. 
Men tag‘in Toshkent qaytib keldim. 
Men endi onamni o‘limlik puli bilan tirikchilik kechirib izlandim. 
Bir jurnal muharriri meni ishga olaman, dedi. 
Ammo g‘animlarim xabar topib, meni ishga oldirmadilar. 
— O‘zi boshqa, asari boshqa, — dedilar. 
— O‘zidan asari yaxshi, — dedilar. 
Asari kerak, o‘zi kerak emas, — dedilar. Ana shunda polvonlik qonim tag‘in qaynadi. 
«Uh, qoraqo‘ng‘izlar! — deya, g‘animlarimni ichimda yandim. — Sen qoraqo‘ng‘izlar kim-u, men 
kim ekanimni ana endi ko‘rasanlar!» — deya qo‘zg‘oldim. 
Kech kuzda yurtimizga yo‘l oldim. 
Sattor chavandoz degich bilan til topishdim. U menga bir ot topib berdi. Men... otlandim! 
Sattor chavandoz bilan qishloqma-qishloq yurdim. To‘yma-to‘y yurdim. Ko‘pkarima-ko‘pkari 
yurdim. 
Kunduzlari turli yurtlardan kelmish chavandozlar bilan ko‘pkari chopdim. 
Necha bor otlardan yiqildim. 
Kechalari to‘yxonalarda chavandozlar bilan gurung qildim. 
Chavandozlar do‘mbira chalib, ko‘pkarilardan so‘yladi, otlardan so‘yladi, chavandozlardan 
so‘yladi. 
Uzun qish ko‘pkarixona — ish joyim bo‘ldi, chavandozlar — hamxonam bo‘ldi, otlar — birodarim 
bo‘ldi. 
Nihoyat, ko‘klamda «Ot kishnagan oqshom» nomli ikkinchi qissamni jurnalga ko‘tarib keldim. 
Qissa adabiyot osmonida bir momoqaldiroq bo‘ldi. 
O‘zbekiston Yozuvchilar Uyushmasi hisobot yig‘ilishida yilni eng yaxshi qissasi, deya baholandi. 
Men yelkamdan nafas oldim. Men entikdim. Men xumordan chiqdim! 


Tog‘ay Murod. Otamdan qolgan dalalar (roman) 

Download 0,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish