TUFAYL IBN ABU AMRNING ISLOMGA KIRISHI Shu orada Davs qabilasi raislaridin Tufayl ibn Abu Amr degan kishi Payg‘ambarimiz bilan
ko‘rishish niyatida Makkaga keldi. Bu odam ersa qabila raisi bo‘lishi bilan birga, arablar
ichida atalgan shoirlardin sanalgan, izzat-obro‘ egasi edi. Shuning uchun buning kelishi
ila barobar Quraysh raislaridin bir nechalari kelishib, u bilan ko‘rishganidin so‘ngra:
— Ey Tufayl, sen bizning yurtimizga kelding, eshitgandursan, o‘z ichimizdin shunday bir
odam paydo bo‘ldi, buning to‘g‘risidin ishlarimiz ko‘p qiyinlashdi. Birligimiz buzilib,
oramizga dushmanlik tushdi. Ani ko‘rar bo‘lsang, kelishgan, chiroyli yuzi bor, sehrdin
ortiq ta’sirlik so‘zi bor. Bolani otadin, inini og‘adin, xotunni eridin so‘zi bilan ajratadi.
Endi buning sehridin senga ham yuqib qolib, bizga tushgan bo‘lgunlik (vayronlik)
hodisalar sizlarga ham tushib qolmasin, deb qo‘rqib keldik, buning iloji shuki, aning