www.ziyouz.com kutubxonasi
38
orada Quraysh raislaridin Os ibn Voil degan odam yasangan-tusangan holda savlat bilan
kirib keldi. Hazrati Umarning atrofida yomon ko‘z bilan hurpayishib, qarab turishgan
ko‘pchilik xalqqa aning ko‘zi tushdi. «Bu nechuk holdur?» deb alardin so‘radi. «Umar
Muhammadga iymon keltiribdur», dedilar. Anda Os ibn Voil aytdi:
— Ey xaloyiq, bir odam o‘zi suygan ishiga kirmishdur, aning uchun sizlarga buncha ich
kuygulik bo‘ldi, bu ham Qurayshning Bani Adiy urug‘idin bo‘lgan bir o‘g‘ildur, alar buni
bu holda ko‘rsalar, rozilik berib, qarab turisharmu? Tarqalinglar buning ustidan, — deb
bir hayqirib edi, Hazrati Umarni qoplab turgan qalin xalqdin bir kishi qolmay
tarqalishdilar. Bu bahona bilan Alloh taolo Hazrati Umarni mushriklar ozoridin qutqazdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |