NAJOSHIYGA QARSHI VOQEA Shundoqki habash shahzodalaridin bir odam podshohlik havasiga tushib, buning bilan
nizo boshladi. Har ikki taraf o‘z askarlarini to‘plashib, urushmoqchi bo‘ldilar. Najoshiy o‘z
tarafidagi askarlari bilan dushman ustiga yurish qildi. Bu voqeadin muhojir sahobalar
ko‘p g‘amgin bo‘ldilar. Chunki bular uchun aning himoyasidin boshqa pana qilarlik joy
yo‘q edi. Xudo saqlasin, bu urush Najoshiy zarariga chiqib, aning o‘rniga boshqa birov
o‘tirishi ular uchun ko‘p qo‘rqinchlik edi. O‘z qo‘llari ila yordam berish imkoniyati
yo‘qligidin Najoshiy haqiga g‘alaba talab qilib, Xudoga duoda bo‘ldilar.
Endi urush maydonidagi voqealardin bularning xabardor bo‘lib turishlari lozim edi. YOsh