O‘TTIZ BESHINCHI MO’JIZA
Jobir ibn Abdulloh shundog‘ rivoyat qilur:
«Bir kuni Rasulullohga hadya qilmoqchi bo‘lib, bir qo‘yim bor edi, uni so‘yib pishirdim,
katta choraga solib, Payg‘ambarimiz oldilariga keltirib qo‘ydim.
Anda ul zot:
— Mundan yegan kishilar suyagini sindirmasdan yesinlar, — dedilar.
Bu tamom yeyilgandan so‘ngra suyaklarini to‘plab ustiga muborak qo‘llarini qo‘yib,
og‘izlari qimirlashi bilan unga jon kirib, bir qo‘y sakrab turdi. Bu ulug‘ qudratni ko‘rib,
barcha sahobalar takbir aytdilar».
Do'stlaringiz bilan baham: |