O‘TTIZ UCHINCHI MO’JIZA Sahobalardan bir kishi kelib:
— Yo Rasululloh, Islom diniga kirmasdan ilgari shu tog‘ ichida bir chuqurga ikki yoshli qiz
bolamni tashlagan edim, nima bo‘lganidan xabarim yo‘qdur. Xudo oldida bunga nima
javob ayturman? — dedi.
Arablarning eng yomon odatlaridan biri ikki-uch yoshli qiz bolalarini faqirlikdan qo‘rqib,
yoki qabila urushlarida yengilur bo‘lsa, dushman qo‘liga asir tushib qolishidan nomus
qilib, tiriklayin ko‘mar edilar. Islom kelganidan so‘ng bu odatlar yo‘qoldi. U kishi ersa
Rasululloh bilan shu chuqur ustiga kelib qarasalar, andin hech bir nishona ko‘rinmadi.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uning otini aytib:
— Alloh izni bilan menga javob qaytarg‘il, — dedilar. Shunda:
— Labbayka, yo Rasulalloh, — deb qizcha shu chuqurdan chiqa keldi.
Anda Rasululloh:
— Mana, ota-onang ersa Islom diniga kirdilar. Agar dunyo turmushini xohlar ekansan,
seni ularga topshirurman, — dedilar.
Anda qizcha:
— Yo Rasulalloh, ularga hech hojatim yo‘qdur, dunyoga chiqishni xohlamayman, har
yaxshilikni Alloh oldida topdim, — dedi».