www.ziyouz.com kutubxonasi
331
Salmon Forsiy bu xabarni anglagach, bir savatda xurmo olib, Rasululloh huzurlariga
keldi va:
— Buni sizga sadaqaga keltirdim, — dedi.
Sahobalarga:
— Sizlar yenglar, — deb buyurib, o‘zlari andin yemadilar.
Salmon muni ko‘rgach:
— Rohib aytgan alomatlarning biri to‘g‘ri chiqdi, qani qolganlarini ham sinab ko‘rayin-
chi, — dedi.
Oradan uch-to‘rt kun o‘tgandan so‘ngra Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Qubodan
Madina ichiga kirdilar ersa, Salom Forsiy yana bir savat xurmo ko‘tarib kelib, bu gal
hadya qildi. Rasululloh xurmoning hadya ekanligini bilgach, sahobalar bilan birga o‘ltirib
yedilar.
Muni ko‘rib Salmon:
— Rohib aytgan uch alomatdan ikkisi to‘g‘ri chiqdi. Endi uchinchisini ham bilishim kerak,
— dedi.
Yana uch-to‘rt kun o‘tgandan so‘ngra shu maqsadni ko‘zlab Rasulullohning ziyoratlariga
keldi ersa, Baqi’ go‘ristoniga janoza bilan ketmish edilar. Orqalaridan kelib u joyda
Rasululloh bilan ko‘rishdi. Ikki yelka orasidagi payg‘ambarlik muhrini ko‘rmakchi bo‘lib,
orqa tomonlariga o‘tib edi, muni Rasululloh bildilar. Ridolarini yelkalariga tushirib
qo‘ydilar ersa, bu muborak muhr ochilib qoldi. Muhrni ko‘rgach, Salmon chidayolmasdan
Payg‘ambarimizga o‘zini otib yuz-ko‘zini surtib o‘pgali turdi. So‘ngra undan hol-ahvol
so‘radilar. Boshidan kechirmish ishlarini aytgandan so‘ngra, uchinchi rohib so‘zini bayon
qilib:
— Endi aniq bildim, Tavrot, Injilda xabari berilib, sifatlari yozilgan oxir zamon
payg‘ambari albatta Siz ekansiz, — deb darhol shu yerda iymon keltirdi.
So‘ngra Rasululloh Salmonga qarab:
— Xo‘jang yahudiyga aytgil, seni mukotib qilsun,— dedilar.
Muning ma’nosi qul xo‘jasi bilan kelishmakdur. Shundoqkim, agar menga shuncha aqcha
topib berur ersang, seni ozod qilurman, deb xo‘jasi qo‘liga hujjat xati bergay.
Rasululloh so‘zlari bilan Hazrati Salmon xo‘jasi yahudiydan muni so‘radi ersa, ul unamay
yurib eng keyin bir ming olti yuz dirham kumushga, yana uch yuz tup xurmo daraxtini
ko‘kartirib berishga kelishdilar.
Rasululloh muni anglagach, sahobalarga:
— Birodaringiz Salmonga yordam qilaylik, — deb aytdilar, ansor sahobalar har qaysilari
topganicha xurmo ko‘chatini keltirishdi.
Shunda Salmonga ko‘chatlar o‘rnini qazib bitirgandan keyin kelib xabar qilishlarini
buyurdilar. Ko‘chat chuqurlari tayyor bo‘lgach, Rasululloh qutlug‘ qo‘llari bilan tutib
berib, boshqalar ko‘mishdi.
Shunchalik ko‘p xurmo ko‘chatlaridan biror tupi qurimasdan barisi ko‘kardi», bu esa
Rasulullohning mo’jizalaridur.
Yana shu orada sahobalardan birovi Rasulullohga tuxumdek oltin hadya qildi. Anda ul
zot darhol Salmonni chaqirib:
— Muni yahudiyga berib o‘zingni qulliqdan ozod qilursan, — dedilar.
Ul oltin ersa Salmon ko‘ziga oz ko‘rinib:
— Yo Rasululloh, menim berasim ko‘pdur, bu bilan qutila olmagayman, — dedi.
Anda Rasululloh:
— Shu bilan Alloh seni undan qutqargay, borgil, topshirib bergil, — dedilar.
Muni anglagach, yahudiy oldiga eltib, tortib qarasa qolmish qarziga ortiq chiqmasdan
Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy
www.ziyouz.com kutubxonasi
332
teng keldi. Bu ham Rasulullohning mo’jizalari erdi. Shu bilan Rasululloh aytganlaridek,
Salmon Forsiy qulliqdan qutuldi, Raziyallohu anhu.
Do'stlaringiz bilan baham: |