YIGIRMA YETTINCHI MO’JIZA
Samura ibn Jundub rivoyat qilur: «Bir kuni ertalab Rasulullohga pishgan bir tovuq
go‘shtini hadya qildim. Shu tovuq go‘sht bilan sahobalarni ziyofat qildilar. Shundoqki,
ulardan bir to‘plari kelib yeb to‘ygandan keyin o‘rinlariga yana bir to‘plari kelishur edi.
Shu kuni kechgacha kelgan kishilar shu bir tovuq go‘shtidan yedilar».
Anda bul mo‘jiza ustida bo‘lmagan bir kishi ajablanib Hazrati Samuraga:
— Shuncha ko‘p kishilarni to‘ydirish uchun muncha ko‘p taomni qaydan olding? Bu taom
qaydan keldi ekan?— degan ekan.
Anda Hazrati Samura:
— Hoy kishi, buyoqdan boshqa qayoqdan kelur deb o‘ylaysan? Hamma ish bu tomondan
bo‘lur, — deb osmonni ko‘rsatdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |