TO‘QQIZINCHI MO’JIZA
Jobir ibn Samura degan sahoba rivoyat qilur: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam
aytdilar:
— Makkada bir tosh bor edi. Payg‘ambar bo‘lishimdan ilgari bu tosh oldidan har vaqt
o‘tar bo‘lsam: «Assalomu alaykum, yo Rasulalloh», deb menga salom berur edi. U toshni
shu kunlarda ko‘rsam ham taniydurman».
Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy
www.ziyouz.com kutubxonasi
319
Bu tosh ersa Makka shahrida Hazrati Abu Bakr Siddiq qo‘ralariga qarshi ko‘cha yuziga
qo‘yilmish edi. Odamlar buni ziyorat qilur emishlar. Bu kunlarda ersa, ikki Haramga ega
bo‘lib turgan kishilar bu esdalik muborak mo‘jiza toshni yo‘qotish qasdida qaysi
chuqurga eltib tashladi ekan?
Rasululloh zamonlaridan qolib, shundan buyon saqlanib kelgan ikki Haramdagi turgan
tarixiy joylarni vayron qilgan bu kishilar mazkur esdalik muborak toshni albatta
qo‘ymagan bo‘lsalar kerak.
Makka qabristoni «Jannatul mu’allo»dur. Madina mozori «Jannatul baqi’» atalur. Bunda
esa onalarimiz Hazrati Xadicha, Hazrati Oisha, Payg‘ambarimiz amakilari Hazrati Abbos,
Hazrati Usmon, imomi Hasan raziyallohu anhumlar bor edilar. Bulardan boshqa Madina
mozorida o‘n olti ming sahoba bor, deb rivoyat qilurlar.
Mana shularning qabr gumbazlarini buzib yer bilan tekis qilibdilar. Nega bundog‘ desalar,
ziyoratga kelgan kishilar bulardan madad talab qilib hojatlarini so‘raydilar, bu esa kufr
emishdur. Vahhobiylar ersa, o‘z mazhablaridan boshqa musulmonlarni mushrik
hisoblagaylar. Bu so‘z ersa Islom sharafiga bek ulug‘ xiyonatdur. Qur’oni karim sha’niga
eng katta jinoyatdur. Bir kishini kofir qilmoq, uning qonini nohaq to‘kkandan
yomonroqdur. Xudodan o‘zga narsaga sig‘inib, Allohni eskarmasdan, shuning o‘zidangina
hojatini talab qilish shariatda durust emasdur. Bu ishga hammamiz ham iqrordurmiz.
Chunki mahluqdan hech kimarsa inson bo‘lsin, yo farishta bo‘lsin, Allohdan madad
topmaguncha o‘z kuchi bilan boshqa bir mahluqqa albatta yordam qila olmagay. Lekin
xohi tirik, xohi o‘lik mozor, mashoyix, kiromlar ziyoratiga borib, bularni orachi qilib
Allohdan hojat talab qilsalar, nima ziyoni bordur? Buning durustlig‘ida shar’an hech
qanday shak yo‘qdur.
Payg‘ambarlar, aziz avliyolar, boshqalarni Xudo oldida shafoat qilgaylar, bu ersa oyat va
hadis bilan sobitdur. Islom ahlida bu ishga qarshilik qilguvchilar yo‘qdir. Dunyo
podshohlari oldida zarrachalik ulug‘ martabalik kishilar ham muhtojlarning hojatlarini
chiqarib, gunohliklarini podshodan tilab jazodan qutqaza oladilar.
Ma’lumdurki, Qur’onning mingta oyati ersa tarix bayoni uzra kelmishdur. Tarixiy ishlarni
saqlamoq, Islom yo‘lida ilmiy-amaliy xizmat ko‘rsatgan zotlarga hurmat ko‘rsatmak
butun inson olamida eng yaxshi ko‘rilmish ishlarning birisidur. Hozirgi yigirmanchi asr
madaniyati ustida boshqalar Yer olami ma’lumotiga qanoat qilmasdan, yuqorigi olam
atalgan oy, kunga qarab intilmoqdadurlar. Imkoniyat ichidagi borliq narsalarning sababi
topilgan taqdirda uning vujudga chiqishi aniqdir.
1907 yilda Islom olamidagi musulmonlardan Arafotga yig‘ilgan hojilar soni ikki milyonga
yetgan edi deb, ishonimlik kishilardan eshitgan edik. O‘shal zamon gazetalari
xabarlaricha, yolg‘iz Namangon uezdiga qarashlik yerlardan mingdan ortiqroq kishi haj
safariga chiqqan edilar. Bu kunlarda esa (1959 y.), hajga butun sovet tuprog‘idagi
musulmonlardan yigirmadan ortiq emasdur.
Bayt:
Bilmas ersa hech kimarsa bu musibat bo‘lg‘usi,
Bildi ersa qayg‘udin har kunda ming qiynalg‘usi.
Imom Termiziy Hazrat Ali karamallohu vajhadan rivoyat qilur:
«Bir kuni Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan birga yurib, Makka shahri atrofini
aylanishdik. Bizga to‘g‘ri kelgan daraxtlar, toshlar oldidan o‘tganimizda: «Assalomu
alaykum, yo Rasulalloh», deb ochiq so‘zlab, salom berishur edi. Ayniqsa, Jabroil
alayhissalom Payg‘ambarimizga birinchi vahiy keltirgan kuni Hiro tog‘idan uyga
kelgunlaricha yo‘lda yo‘liqqan daraxtlar, toshlar hammasi salom qilishdi. Rasululloh
alarning salomlariga javob qaytardilar».
Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy
Do'stlaringiz bilan baham: |