ETTINCHI MO’JIZA
Hazrati Ya’lo ibn Murra shundoq rivoyat qilur: «Rasululloh bilan birga safarga chiqdik. Bir
mo‘ljal yo‘l yurgandan so‘ngra manzilga kelib tushdik. Rasululloh sollallohu alayhi
vasallam yotib uxladilar, men ersam shul yerda qarab o‘ltirgan edim. Shunda bu joydagi
o‘sgan daraxtlarning biri qo‘zg‘olib, yerni yorganicha Rasululloh tomoniga yurdi. To‘g‘ri
kelib, Rasululloh boshlarida bir aylangach, qaytib borib yana o‘z joyida turdi. Muni
ko‘rgach, hayronlikda turib erdim, shu orada Rasululloh sollallohu alayhi vasallam
uyg‘ondilar ersa, bu voqeani bayon qildim.
Anda Rasululloh aytdilar:
— Bu daraxt meni ziyorat qilmoqqa Allohdan ruxsat so‘radi. Unga ruxsat berilgach,
menga kelib salom qilib qaytdi».
Do'stlaringiz bilan baham: |