www.ziyouz.com kutubxonasi
322
bo‘lur? — deb so‘radi.
— Yaxshi bo‘lur, — deb ruxsat berdilar.
So‘ngra bir minbar yasashdi. Uni keltirib, imomning o‘ng tomoniga qo‘ydilar. Islom
olamida eng avval yasalgan va masjidga qo‘yilgan minbar shul edi.
Juma kuni kelgach, jamoat namozga yig‘ildi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam
odatlaricha xutba o‘qimoqqa turib, ustun oldidan to‘xtamay o‘tib ketdilar. Mana shu
chog‘dayoq ul ustun ingray boshladi. Bo‘talog‘idan ajragan tuya singari bo‘zlagani turdi.
Rasululloh minbar ustiga chiqib edilar, bola baqirgandek bo‘lib yana qattiqroq yig‘ladi.
Silkinib ketib, yorilishga yaqinlashdi. Buni ko‘rib, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam
darhol minbardan tushib ul ustunni quchog‘lab turdilar. Uzoqroq yig‘lab qolgan yosh
bolani onasi olib ovutganda o‘ksib-o‘ksib yig‘lagandek, Rasululloh quchog‘larida turib, bu
ustun ham shuning singari o‘ksib yig‘ladi.
Anda Rasululloh:
— Buning oldida har juma Alloh zikri aytilib, andin bahra olur edi. Shundan ajrab
qolganiga yig‘laydi, — dedilar.
Buni ko‘rib sahobalar barisi yig‘lashgali turdi. Masjid ichi larzaga kelib yig‘i-sig‘iga turdi.
Anda Rasululloh:
— Qasam Allohgakim, buning yig‘isini o‘zim kelib to‘xtatmasam, qiyomatgacha shu
ahvolda bo‘zlab yig‘lar edi, — dedilar.
Shundan keyin bu ustun oti «Hannona», ya’ni «Yig‘laguvchi» bo‘ldi.
U yig‘idan to‘xtagach, unga Rasululloh aytdilar:
— Ey Hannona! Xohlasang qaysi chorbog‘dan seni kesib kelgan bo‘lsalar, o‘shal
bo‘stonga eltib o‘ltirgizay, yangidan ildiz olib ko‘karursan. Agar buni xohlamasang, seni
jannatga ko‘chat qilib o‘ltirgizurman. Jannat ahllari, Xudoning do‘stlari mevangdan
yegaylar, bu ikki ishdin birini ixtiyor qil, — deb uning javobiga quloq solib turdilar.
Anda ul:
— Yo Rasulalloh, meni jannatga ko‘chat qilib o‘ltirgizing, shuni xohlayman. Mening
mevamni Allohning do‘stlari yegaylar, foniy dunyo bo‘stonida bo‘lishni istamayman,
eskimaydigan jannatda turishni tilayman,— dedi.
Bunga yaqinroq safda turgan sahobalar uning tovushini eshitdilar. Tilagini Rasululloh
sollallohu alayhi vasallam ham qabul qilib, jannatga eltib o‘tkizishga va’da qildilar.
Hazrat Hasan Basriy har qachon shu mo’jizadan gapirgudek bo‘lsa, yig‘lab;
— Ey mo’minlar, bu yog‘och ustun Rasulullohdan yiroqlashganiga shuncha yig‘lagan
bo‘lsa, biz ummatlar ul zotning diydorlariga mushtoq bo‘lib qancha zor yig‘lar ersak,
yana oz ekandur.
«Mavohib» degan kitobda aytibdurkim, Alloh taolo bu yog‘ochga jon berib tirgizdi,
Rasululloh firoqida tirik kishidek tovush chiqarib yig‘ladi.
Safardan kelgan kishi yoru do‘st, ahli ayollari quchoqlagandek, uni Rasululloh
quchoqladilar, u bilan tiriklarga qilgandek muomala qildilar, o‘tgan payg‘ambarlarning
hech biriga bundoq ulug‘ mo‘jiza berilmagan edi.
Hazrat Iso alayhissalom Alloh izni bilan o‘likni tiriltirib mo‘jiza ko‘rsatgan bo‘lsalar,
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam quruq ustunga jon kirgizib, u bilan so‘zlashdilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |