www.ziyouz.com kutubxonasi
290
Rasululloh buning so‘zini yoqtirib:
— Ey Abdulloh, Xudo va uning Payg‘ambari yaxshi ko‘radigan ikki xislatning senda
borligini ko‘rdim. Birinchisi, yumshoqlik ersa, ikkinchisi, shoshilmaslikdur. Bu ikki fe’lni
Alloh yaxshi ko‘rgay, — dedilar.
Anda u:
— Yo Rasulalloh, bu xulq ersa o‘zimdan bo‘ldimi, yoki menda Alloh yaratganmidur? —
dedi.
Anda Rasululloh aytdilar:
— Dastlab yaratilishingda bu xulqni Alloh sen bilan birga yaratmishdur.
— Xudo va Payg‘ambar yaxshi ko‘rgan ikki xulqni menda yaratgan Allohga hamdu
sanolar bo‘lsin, — deb tashakkur qildi.
Endi yuqorida aytilishicha, nasoro dinini tutgan, Tavrot va Injilda Rasululloh sifatlarini
o‘qib, o‘zlarini ko‘rishga mushtoq bo‘lib yurgan Jorud bular bilan birga kelgan edi.
O‘zining yaqin yo‘ldoshi Salama ibn Iyoz degan kishiga bir kuni shunday so‘z aytgan edi:
— Ey Salama, Makka shahrida bir yigit payg‘ambarlik davo qilib chiqmishdur. Oxirzamon
Payg‘ambari chiqdi. Iso alayhissalomning qilgan vasiyatlarini Tavrot, Injilda o‘qib ko‘rgan
edim. Shu kishi bo‘lg‘aymu, deb gumon qilurman. Bani Qays elchilari bilan uning qoshiga
boraylik, hozirdan har ikkovimiz o‘z ko‘nglimizda uch narsani yashiraylik, ularni ersa har
qaysimiz o‘zimiz bilaylik, bir-birlarimizga ham aytmaylik. Agar ul kishi shu ko‘nglimizga
yashiringan narsalarni to‘g‘ri topdi ersa, Alloh otig‘a ont qilurmankim, Iso Payg‘ambar
bashorat bergan oxirzamon payg‘ambari aniq shu bo‘lur. Anda alar ikkovi ham elchilar
bilan birgalikda Rasululloh oldilariga kirishdi. Anda Jorud:
— Ey Muhammad, sen Allohdan qanday din keltirding, nima ishlar qilmoqqa seni
buyurdi? — dedi.
Anda Rasululloh:
— Allohdan Islom dinini kelturdim, bu dinning asosi ersa besh nimarsadur: birinchisi,
barcha olamni yaratguvchi yolg‘iz bir Allohdur deb inonmoq; ikkinchisi, har kuni besh
vaqt namoz o‘tamoq; uchinchisi, boy kishilar chog‘aylarga zakot bermoq; to‘rtinchisi,
har yili bir oy ro‘za tutmoq; beshinchisi, qudrati yetsa umr ichida bir qatim haj
qilmoqdur, — dedilar.
Yana Jorud:
— Ey Muhammad, aniq Alloh yuborgan Payg‘ambar bo‘lsang, ko‘nglimizdagi yashirgan
so‘zlarimizdan xabar bergil, — dedi.
Rasululloh uyqu bosgandek bo‘lib, ko‘zlarini yumib ochdilar. Shu orada vahiy tushib,
muborak manglaylaridan ter oqa boshladi. Boshlarini ko‘targach, Jorudga qarab:
— Sen ko‘nglingda uch ishni so‘ramoqchi bo‘lding. Birinchisi, Islom kelmasdan ilgari
arablar orasida qonlar to‘kilib, ularning o‘z vaqtida qasosi qaytarilmagan bo‘lsa, uning
hukmi Islom shariatida qandoq bo‘lur ekan?
Ikkinchisi, johiliyat davrida saqlanib kelgan qabilalar orasida ichilgan qasamlar
Islomiyatda ham saqlanarmu?
Uchinchisi, qaysi sadaqaning savobi ortiqroqdur?
Bularning javoblari shuldurki, johiliyat qonlari islomiyatda so‘ralmag‘ay, ularning qasosi
qaytarilmagay. Johiliyatda ichilgan qasamlar islomiyatda marduddur. Musulmonlar
orasida birlik saqlash uchun islomiyat o‘zi qasamdur. Sadaqalarning eng yaxshirog‘i
muhtoj kishilarga ko‘luk (ot, ho‘kiz, arava shunga o‘xshash narsalar) kuchini bermakdur
yoki erta-kech sog‘ib ichgudek hayvonlar sutini sadaqa qilmoqdur, — dedilar.
Rasululloh uning ikkinchi yo‘ldoshiga qarab:
— Salama, sening ko‘nglingda yashirgan uch narsa shulardur: birinchisi, butlarga ibodat
qilmoq to‘g‘risida; ikkinchisi, sabosab kunining hurmati xususinda; uchinchisi, asl va
Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy
Do'stlaringiz bilan baham: |