www.ziyouz.com kutubxonasi
248
narsalardan berilgandur. Qur’on qonunida dushmandan o‘lja olingan mollarning beshdan
birini Rasululloh o‘zlari olgaylar. Bundan o‘z oilalari uchun eng tuban daraja nafaqa
chiqarib, qolganini faqir-miskin hojatlariga ulashar edilar.
Yana o‘z so‘zimizga kelaylik. So‘ngra Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o‘lja
mollarining barini bir yerga yig‘dilar. Yayov askarga bir hissa, otliq askarga ikki hissadan
taqsim qilib berdilar. Bu ishning ustida munofiqlardan bir kishi qarab turib edi. Ul aytdi:
— Ey Muhammad, bu qilgan taqsimingda adolat qilmading.
Bu so‘zdan Rasulullohning muborak yuzlari o‘zgarib, qattiq g‘azablari keldi. Mengzalari
anor donalaridek qizarib aytdilar:
— Hoy odam, agar men adolat qila olmasam, endi dunyoda kim adolat qila olgay?
Birodarim Musoni Alloh rahmat qilsun. U esa mendan ham ortiqroq ozorlanib, yana sabr
qilgan edi. Men ham bunga sabr qilishim kerak.
Anda Hazrati Umar turib:
— Yo Rasulalloh, ruxsat qiling, bu munofiqning boshini kesib tashlayin, — deb edi,
ruxsat etmadilar.
Yana Hazrati Xolid kelib:
— Yo Rasulalloh, buni albatta o‘ldirish kerakdur,— dedi.
Anda Rasululloh:
— Balki bu namoz o‘qur bo‘lsa, uni qanday o‘ldirgali bo‘lur? — deganlarida, Hazrati
Xolid:
— Ko‘p namoz o‘quvchilar bordurkim, tillarida ayturlar, lekin u narsa dillarida yo‘qdur, —
dedi.
Anda Rasululloh:
— Meni Alloh taolo kishilarning dilini axtarmoqqa, ularning ko‘ngilidagini bilmoqqa
buyurmadi. Tillari bilan kalimani keltirib, Qur’on hukmiga bo‘ysunsalar, shunga qanoat
qilurman, dillarini Allohga topshirurman, — deb uni o‘ldirishga ruxsat bermadilar.
So‘ngra:
— Buning naslidan shu yaqinda bir toifa kishilar paydo bo‘lgaykim, ummatlarim ichra
ko‘p fitna-fasod solgaylar. Kofirlarni qoldirib, musulmonlarni o‘ldirgaylar. Og‘izlarida
Qur’on tilovatlari bordur, ko‘ngillarida esa undan zarrachalik bahralari yo‘qdur, —
dedilar.
Bu esa Rasulullohning g‘oyibdan xabar mo’jizalari edi. Ul zot deganlaridek, Hazrati
Alining xalifalik davrlarida xavorij toifasi paydo bo‘ldi. Rasulullohga adabsizlik qilgan shu
kishini o‘zlariga rais saylamish edilar. Islom dinning ofati xavorij firqasidan boshlab
tarqaldi. Alarning alomatini Rasululloh Hazrati Aliga aytmish edilar:
— Ey Ali, mendan so‘ngra bir firqa kishilari senga qarshi chiqib urush qilgaylar, sen
ularga g‘olib kelib, zafar topgaysan. Raislarining bilagi boshida ayollarning ko‘kraklaridek
do‘mbayib chiqqan belgisi bordur.
Rasulullohning aytganlaridek, xavorijlardan to‘rt mingdan ortiq kishi Hazrati Aliga qarshi
chiqib urushmoqchi bo‘lishdi. Orada qon to‘kilmasligi uchun, ularga ko‘p nasihat qildilar,
foyda bermadi. Boshqa iloj yo‘qligidan urushmoqqa majbur bo‘lgach, Rasululloh
aytganlaridek, xavorijlar ustidan g‘alaba qildi. To‘rt ming kishidan to‘qqiz kishi qochib
qutuldi, qolganlari esa butunlay qilichdan o‘tkazildi. Qo‘li ustida ko‘krak kabi do‘mbayib
turgan belgisi bor raislari ham shu urushda o‘ldirildi. O‘liklar ichidan axtarishib yurib, uni
topdilar. O‘ttiz yil ilgari bu voqeadan xabar berib, Rasululloh aytgan so‘zlari to‘g‘ri
chiqqach, Hazrati Ali boshliq butun askar takbir aytishib, Payg‘ambarimizga salovot
o‘qishdilar.
Mana shu kundan boshlab xavorij firqasi musulmonlar ichida ko‘payib, Islom xalifalariga
qarshi har yerda qo‘zg‘olon ko‘tardilar. Hazrati Alini shahid qilgan Abdurahmon ibn
Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy
Do'stlaringiz bilan baham: |