www.ziyouz.com kutubxonasi
200
payg‘ambarligimga iqror qilguncha qon to‘karsan. «La ilaha illallohu Muhammadur
rasululloh» kalimasini og‘zaki bo‘lsa ham aytar ekanlar, bizdan mol-jonlarini qutqara
oladi. Tilida bo‘lsa ham shu so‘zni aytgan kishining mol-joniga omonlik bergaymiz. Biz
ularning zohiriga boqqaymiz. Botinlarini Tangriga topishtirgaymiz. Agar shu kalimani
aytib iqror bo‘lsalar, Alloh buyurgan diniy huquqni ularga bildir. Namoz, ro‘za, zakot,
farz, vojib amallarini o‘rgatgil. Xudo haqqi, agar bir kishini haq yo‘liga keltursang, bir
qabila xalqining qizil tuyalarini Xudo uchun sadaqa qilgandin aning savobi ortiqroqdur.
O‘ng yog‘ingda Jabroil, qo‘lida qilich, sening uchun yordamga kelmishdir. Ey Ali, sen
Arab xalqining sayidi, men odam naslining sayididurman, — dedilar.
So‘ngra Rasululloh o‘z bellariga bog‘langan zulfiqorni, egnilariga kiygan temir sovutni
berib:
— Bor endi, Alloh yordamingda bo‘lsin, Xaybar shahri sening qo‘lingda fath bo‘lsun, —
deb hujumga buyurdilar.
So‘ngra Hazrati Ali, karramallohu vajha, askar oldiga tushib o‘ng qo‘lida zulfiqor, so‘l
qo‘lida tug‘ tutib, butun askar barobar «Allohu akbar» sadosi bilan ko‘kka yetgudek
qichqirib yugurdilar. Hazrat Ali hammaning oldida qal’a tagiga yetib Islom tug‘ini
o‘rnatdi. Barcha askar barobar qal’a atrofini o‘rab oldilar. Qal’a boshlig‘i ersa, yahud
askarining qo‘mondoni Marhabning bir tug‘ishgan ukasi Xoris nomlik kishi bo‘lib, bu esa
yahudlar ichida o‘shal davrning atoqlik bahodirlaridan edi.
Yasog‘lik turgan askarlar bilan musulmonlar ustiga otilib, bir qattiq hujum qildi. Bu
hujumda esa musulmonlarning saflarini buzib, ularni orqaga chekintirdi.
Ammo Hazrati Ali tug‘ tuganicha o‘z o‘rnidan bir qadam ham orqaga qaytmadi. Tog‘dek
turish qilib, u joydin qo‘zg‘almadi. Muni ko‘rib askarboshi Horis o‘qdek otilganicha kelib
Hazrati Ali boshiga qilich solgan edi, qalqon tutib uning zarbini qaytardilar. Navbat
Hazrati Aliga kelgach, shundog‘ urdilarkim, qilich zarbi bo‘yin sovutini kesib, boshini
uchirib yerga tushirdi. Yahudlar Hazrati Alidan bu dahshatni ko‘rgach, chidayolmay
qochishib qo‘rg‘onga kirdilar. Bosh qo‘mondon Marhab yuqorida qarab turgan edi. Ukasi
o‘ldirilganini ko‘rib, bo‘kirganicha qo‘rg‘ondan tushdi. Bu esa o‘shal zamonning eng
kuchlik yaroqlari bilan qurollanmish edi. Ustiga kiygan sovuti, boshig‘a qo‘ygan
dubulg‘asi, shunga o‘xshash urush kiyimlarini qavatlab kiyib olgan edi. G‘azab bilan
o‘qdek kelib, Hazrati Aliga bir qilich urdi. Muning zarbidan qo‘llaridagi qalqon ikki bo‘linib
yerga tushdi.
Urushda qalqonsiz turish mumkin bo‘lmaganlikdan Xaybar shahrining qopqasiga qo‘l
urib, qudrat bilagining yordami bilan darvozani yulib oldilar. Uni qalqon o‘rniga ushlab
yana hujumga kirdi, bu qal’a butun fath bo‘lg‘unchalik shu qopqa aning qo‘lida edi.
Hazrat Ali bilan urush maydonida Marhab yana yo‘liqishdilar. Bu galda ersa zulfiqorni
havola qilib, andoq urdilarkim, qavatlangan qalqon dubulg‘alardan o‘tib boshini yorib,
bo‘yin bo‘g‘iniga yetdi. Muni ko‘rib butun Islom askari takbir aytdilar. Raislari o‘ldirilib,
tug‘lari yiqilgach, yahudlar qochib, qilichdan qutulganlari bu qal’ani tashlab, ikkinchi
qal’aga kirib qamaldilar.
Shu bilan bu qal’a Rasululloh aytganlaridek Hazrati Ali qo‘lida fath bo‘ldi. Darvoza
tashlangandan so‘ngra, uni o‘rnidan qirq kishi qimirlata olmadilar, yetmish kishi degan
ham rivoyat bordur. Qandoq bo‘lsa ham shunday ishlar Rasulullohning mo’jizalaridur.
Xaybar qal’alarining birinchi olingan kunlarida esa askar ichida ocharchilik bor edi. Aslam
qabilasi shu uchun Asmo ibn Horis degan kishini vakil qilib Rasulullohga yubordilar. Vakil
kelgach: «YO Rasulalloh, ochlikdan biz qattiq qiynaldik, muning chorasini sizdin so‘rash
uchun meni yubordilar», dedi.
Anda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Xudoyo, bandalarning holini o‘zing yaxshi
bilursan. Sening yo‘lingda jihod qilmoqqa ochlikdan kuchlari yo‘qdur. Ey bor Xudoyo, bu
Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy
Do'stlaringiz bilan baham: |