www.ziyouz.com kutubxonasi
197
Mana shu chog‘da barcha sahobalar bildilarkim, Rasululloh aytganlaridek, bu Hudaybiya
sulhi musulmonlar uchun ulug‘ ne’mat bo‘ldi. Ular ziyonlik ko‘rib, rozi bo‘lishmagan bir
necha shartlar oxiri foydalik bo‘lib chiqdi. Yo‘q ersa, bu sulhnomaga qarshilik ko‘rsatib,
bir necha kishilar halok bo‘lishga yaqinlashgan edilar. Shu uchun Hazrati Abu Bakr
Siddiq aytdilar:
— Islom dini boshlangandan beri hech joyda Hudaybiya sulhidek katta g‘alabaga ega
bo‘lgan emasmiz. Lekin xalqning aqli bu ishning asliga yetishmay, Rasulullohga bu ishda
ko‘p to‘sqinlik qildilar. Allohning shoshilishi yo‘qdur. Bandalar shoshildilar. Oxiri esa Xudo
xohlagandek Rasululloh aytganlari bo‘ldi. Bu ishga keyin tushunib, barchalari rozi
bo‘ldilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |