www.ziyouz.com kutubxonasi
90
qilishga albatta bu ish kafildur. Boshqalarga o‘xshab, bu haqda turli tadbirlar o‘ylab
chiqarishga hech hojat yo‘qdur. Agar inson olamining oqil donishmandlari insof
yuzasidan chuqur nazar qilsalar, dunyo yo‘qsullarini ta’minlamoq uchun eng birinchi
chora shuldur. Boy-chog‘oylar orasida yashirin yotgan hasad o‘tini o‘chirishga eng o‘tkir
dori shuldur. Nechuk shunday bo‘lmag‘aykim, Alloh taolo bandalarining dunyo va
oxiratlik ishlarini tuzatish uchun o‘z hikmati bilan chiqargan eng ulug‘ bir tadbirdur. Bu
hikmatlik hukmni amalga oshirish butun hojatlik insonlar haqqini himoya qilish
demakdur.
Do'stlaringiz bilan baham: |