www.ziyouz.com kutubxonasi
309
RASULULLOHNING MO'JIZALARI
RASULULLOH SOLLALLOHU ALAYHI VASALLAMNING MO’JIZALARI
Dastlab «mo‘jiza» degan so‘zni o‘qiguvchilarga tushuntirib o‘tamiz. Aning uchunkim, so‘z
qilishdan maqsad tushuntirmakdur. Kitob o‘qimoqdan maqsad uning ma’nosini bilib,
ma’lumot olmoqdur. Alloh taolo o‘z ulug‘ qudrati bilan barcha olamni yaratdi. Ya’ni,
burun hech nimarsa yo‘q edi, yo‘qdan bor qildi. Sonsiz olam ichida odamni yaratdi.
Olam yaratmoqning hikmati odam yaratish edi. Odam yaratishdan maqsadi o‘zini
tanitish, ularga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatish edi. Shuning uchun Alloh taolo, bir rivoyatda
aytilishicha, bir yuz yigirma to‘rt ming, ikkinchi rivoyatda aytilishicha, ikki yuz yigirma
to‘rt ming Payg‘ambarlarni insonlarga elchi qilib yubordi.
Endi o‘ylab qarasak, har bir kishiga ochiq ma’lumdirkim, bir podsho yoki bir hukumat bir
kishini o‘z tomonidan xizmat uchun bir yoqqa yubormoqchi bo‘lsa, qoida-qonun
shuldurkim, albatta, uning qo‘liga boshqalar ishongudek qilib tamg‘alarni bostirib, hujjat
xatini berurlar. Mana shunga o‘xshash ulug‘ qudratli Alloh taolo o‘zi yuborgan
Payg‘ambarlarini haqliklariga hujjat bo‘lishi uchun ularning har birlariga har turlik
mo’jizalar bermishdur. Agar bundoq bo‘lmagan taqdirda Xudo tarafidan kelgan
Payg‘ambarlar o‘z qavmlari oldida xijolatga qolurlar edi. Agar alar kelib qavmlariga:
— Sizlarni oy va kun, yulduz va yerlarni yaratguvchi Tangringiz tomonidan yalovchi
bo‘lib keldim. O‘z so‘zini sizlarga yetkuzmak uchun meni yubordi, — desalar,
— Bu so‘zingga hujjating bormi? — deb kishilar undan so‘rasa, nima ayturlar? Dalilsiz
quruq so‘z hech o‘rinda qabul qilinmas. Mana shuning uchun mo‘jiza ko‘rsatmagan
payg‘ambar dunyoda yo‘qdur. Hech bir payg‘ambarni Xudo mo’jizasiz yubormagandir.
Otamiz Odamdan boshlab Muhammad Payg‘ambarimiz zamonlariga kelgunga qadar
necha yuz ming payg‘ambarlar o‘tgan bo‘lsalar, hammalarining Xudo tomonidan berilgan
mo’jizalari bordur. Lekin bizning Payg‘ambarimizning mo’jizalari o‘tgan Payg‘ambarlarga
qaraganda yana ham ko‘proqdur.
Ulug‘ allomalardan ba’zilari Qur’ondan boshqa Rasulullohning mo’jizalari uch mingdan
ortiqroq, deydilar.
Ammo Rasulullohga berilgan mo’jizalarning ichida eng ulug‘i ushbu Qur’ondur va uning
mo’jizaligini bilmak uchun uch yo‘l bordur.
Birinchisi — bizning Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam ummiydurlar.
Ya’ni, onadan tug‘ilganlaricha o‘qimagan, madrasa yuzini ko‘rmagan, qalam tutib xat
yozmagan bir kishidurlar. Mundoq kishiga Qur’onga o‘xshash fasohat va balog‘atda eng
oliy sifatga ega bo‘lgan bir ulug‘ kitobni o‘z ko‘nglidan chiqazib yozmoq hech qachon
mumkin emasdur. Qalam tutmagan, harf tanimagan kishi kitob yozish buyon tursin, o‘z
otini ham yozolmaydi. Bu ish ersa oqillar oldida ochiq haqiqatdur. Endi ish shundoq
bo‘lgach, Rasululloh bu ulug‘ Qur’on kitobini qaydin keltirdilar? Albatta, shaksiz bu kitob
Payg‘ambarimizga Allohdan kelgandur.
Jabroil nomli farishta Allohning amri bilan o‘ttiz pora Qur’onni yigirma uch yil ichida
Payg‘ambarimizga keltirib tamomladi. Hojat tushgan vaqtda bir sura-yarim sura, besh-
o‘n oyatlab tushirib turdi.
Ikkinchisi shuldurkim, Payg‘ambarimiz tug‘ilib, Qur’on yer ustiga tushgunchalik arablar
til to‘g‘risida, so‘z darajasida shundayin rivoj topgan edilarkim, chechanlik, shoirlikning
eng yuqori maqomiga yetgan edilar. Qur’on tushgan kunlarda arablar ichida o‘qimagan,
yozmagan tug‘asa shoir, xatiblardan necha minglab topilur edi. Mana shundoq chog‘da
Payg‘ambarimiz Xudo tarafidan bu ulug‘ mansabga tayin topdilar. Ya’ni, Payg‘ambarimiz
qirq yoshga yetganlarida butun dunyo xalqiga Allohni tanitib, ularni Islom diniga da’vat
Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy
Do'stlaringiz bilan baham: |