www.ziyouz.com kutubxonasi
260
Mana shu ahdnomani yuqorigi shahar ahllari Rasulullohdan keyin ham o‘zlarida saqlab
keldilar. Ko‘p zamonlargacha podsholari oldida bu ahdnomaning hurmati saqlanmish edi.
Yana Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Tabukda turgan kunlarida Xolid ibn Validni
to‘rt yuz kishiga bosh qilib, Duvmatul Jandal o‘lkasini fath qilmoqqa yubordilar. Bu ersa,
Shom shahridan tuya yurishida olti kunlik yiroqlikda bo‘lgan qal’alik bir shahar edi.
Arabistonning Shom tuprog‘iga tutashgan yerlarining birisidur. Bu o‘lkadagi yerlik
arablar ustiga Rum podshosi Qaysar Hiraql Ukaydir ibn Abdulmalik nomli bir arabni o‘z
diniga kirgizib podsho qilmish edi. Bu yerlarda nasoro arablaridan Bani Kinda qabilasi
yashamoqda edilar. Rasulullohdan buyruq olib Xolid ibn Valid shu yurganicha podsho
qal’asi ko‘rinadurgon joyga tushdi. Shu kechasi oyning to‘lgan tuni edi.
Akidar xotini bilan qasr saroyi ustida yotmish ekan, Sahro ovlaridan bug‘u — maral,
kiyiklar kelib, podsho saroyining qopqasiga (darvozasiga) surkanishib turganin ko‘rdi.
Anda xotini:
— Bu ajab ishdurkim, ov kiyiklari eshik oldimizga kelibdur. Bundoq ishni hech ko‘rganing
bormi, o‘zi kelgan ovni qaysi kishi ovlamay qolur? — dedi.
Xotinidan bu so‘zni anglab, bunday ovni qo‘ldan ketkazish yaxshi emasdur, deb darhol
otlarini egarladi. Ov jabduqlarini olishib, kiyiklar keyinidan askarlari bilan quvlashib
kelayotganida Xolid ibn Validga qarshi keldi.
Dastlab orada bir oz chorpishma bo‘lib, Ukaydirning inisi shu urushda o‘ldirildi. So‘ngra
xiyol o‘tkazmay qolganlarini asir oldilar. O‘ldirilgan kishini kimxob kiyimlari bilan
Rasulullohga voqeani bildirish uchun choparchi yubordilar. Buning baxti qaytib ekan,
taxt ustida o‘ltirgan kishi bir nafasda qo‘lga tushib, taxtaga tortildi. U baxtiqaro kiyiklarni
ovlamoqqa chiqqan edi. Rasululloh ovchilariga yo‘liqib, o‘zi ov bo‘ldi. Shuning bilan Xolid
ibn Valid asirlarni olib, Rasululloh oldilariga keldi. Ular bilan ko‘rishgach, Rasululloh
yaxshi muomalada bo‘lib dinga da’vat qildilar.
Qaysar dinidan chiqar bo‘lsam podsholigimdan ajrab qolgayman, degan xayolni qilib
qabul qilmadi. Islom shariatida ersa dinga zo‘rlab kirgizish yo‘qdur. Shuning uchun
Rasululloh ular bilan kelishib, har yili soliq to‘lab turish sharti bilan o‘z yurtiga
qaytmoqqa ruxsat berdilar.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Tabukka tushgan kunlarida butun askarga qarata
bir xutba o‘qidilarkim, bu o‘qigan xutbada insonlar uchun dunYo va oxiratlik eng kerakli
so‘zlar keltirilgan edi. Agar biz musulmonlarga shu xutbadan boshqa hech so‘z
Rasulullohdan qolmagan taqdirda ham, yolg‘iz shu xutbaning o‘zi ikki dunyoda bizga
rahbarlik uchun yetarlik bo‘lur edi. Bu qutlug‘ xutbani hadis olimlarining allomalaridan
bir necha zotlar o‘z kitoblarida keltirmishdurlar.
Men faqir kitob yozuvchisi bu xutbaning asli arabchasini Islom olamining allomasi Ibn
Qayyim Javziyyaning «Zodulma’od» degan kitobidan ko‘chirib yozdim. Buni o‘qiganlar
tushunib, uning mazmunidan foydalansinlar, deb o‘z tilimizga tarjima qildim. Bu
xutbaning arabchasi ushbudir:
«Amma ba’du fainna asdaqolhadisi kitobullohi taolo. Va avsaqul uro kalimatut-taqva va
xoyrul milali millatu Ibrohima. Va xoyrus-sunani sunnatu Muhammadin. Va ashraful
hadisi zikrullohi. Va ahsanul qasasi hazal Qur’onu. Va xoyrul umuri avazimuxa va sharrul
umuri muhdasotuho. Va ahsanul hadyi hadyul anbiyai. Va ashraful mavti qatlush-
shuhadai. Va a’mal a’ma azzalolatu ba’dal huda. Va hoyrul ilmi ma nafa’a, va shar-
rulamo amyul qalbi, valyadul ulya hoyrun minalyadis-sufla va ma qalla va kafa xoyrun
mimma kasuro vaalha. Va sharrul ma’zirati hiyna yahzurul mavtu va sharrun-nadamati
yavmal qiyamati. Va minan-nasi mallo ya’tis-salota illa duburan, va minhum manla
yazkurulloha taala illa hujran va a’zamul xatoya allisonul kazubu. Va xoyrul g‘ina g‘inan-
nafsi va xayruz-zodittaqva. Va ra’sul hikmati maxofatullohi va xoyru ma vuqqiro fil
Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy
Do'stlaringiz bilan baham: |