www.ziyouz.com kutubxonasi
256
o‘zim bila olmasman, u tuyaning turgan joyini Alloh menga endi bildirdi. Boringlar, falon
jilg‘a ichida bir yog‘ochga ilinib, shu joyda to‘xtab turibdur, — dedilar.
Darhol shu joyga borishib, tuyani topib kelishdilar.
Ulug‘ sahobalardan Abu Zar G‘iforiyning mingan tuyalari ersa yo‘lda ketayotib charchab
yurolmay, askar orqasida qoldi. Qarasa tuyaning yurgudek holi qolmabdur. Tuyani
tashlab, yukni yelkaga qo‘yib, askar ortidan qolmay yo‘lga tushdi. Bu ishdan
Rasulullohga xabar berganlarida, ul zot:
— Agar unda yaxshilik nishonasi bo‘lsa, Alloh uni hech qachon yo‘lda yolg‘iz
qoldirmagay, ortimizdan bizga yetkazib keltirgay. Agar unda yaxshilik nishonasi yo‘q
ersa, bizning undan qutulganimiz yaxshidur, — dedilar.
So‘ngra Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bir manzilga tushib o‘ltirgan chog‘larida
yiroqdan tog‘ boshida bir kishining qorasi ko‘rindi. Anda sahobalar:
— Yo Rasulalloh, yolg‘iz kishi yiroqdan kelayotgandek ko‘rinadur, — dedilar.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
— Abu Zar bo‘lg‘ay, — dedilar.
Tikilib qarasalar, bu kishi Abu Zar ekandur. Anda Rasululloh yiroqdan ko‘rib uni
tanigach:
— Abu Zarni Alloh rahmat qilsin, u yolg‘iz yuradi, yolg‘izlikda o‘ladi, yolg‘iz tiriladi, —
deb, bu kishining kelgusidagi holini mo‘jiza qilib bildirdilar.
So‘nggi kunlarda Abu Zar G‘iforiyning holi, Rasululloh qanday degan bo‘lsalar, shunday
bo‘ldi, raziyallohu anhu.
Tabukka yetmasdan bir kun ilgari Rasululloh aytdilar:
— Inshaalloh, ertaga Tabukka yetgaymiz. Anglasam uning bulog‘ida suvi ozaymishdur.
Zinhor ul suvga mendan ilgari hech kim qo‘l urmagay.
Bu to‘g‘rida jar chaqirtirib butun askarga anglatdilar. Buni eshitib munofiqlardan ikki
kishi jo‘rttaga ilgariroq kelib, ul suvga qo‘l suqdi. Ularning shum qo‘llari tegishi bilan oz
bo‘lsa ham, bor suvi yo‘qola boshladi. Bu xabar Rasulullohga yetdi ersa, bilaturib bu
ishni qilgan munofiqlarga la’nat aytdilar. Yo‘q esa, kishiga la’nat aytmoq Rasulullohga
odat emas edi. So‘ngra oz bo‘lsa ham suv topib keltiringlar, deb buyurdilar. Qoshiqlab
olgandek shu buloqdan bir oz suv keltirishdi. Shu suvda yuz qo‘llarini yuvib, og‘iz-
burunlarini chayib, qaytarib buloqqa quygach, buloqdan biqillab suv qaynab chiqdi.
Butun qo‘shin ot-ulovlari bilan shu suvdan ichib qondilar. Shu kundan boshlab, buloqdan
suv kamaymay oqqali turdi.
Rasululloh Mu’oz ibn Jabalga qarab:
— Ey Mu’oz, agar dunyoda uzoqroq yashar bo‘lsang, u chog‘da ko‘rursankim, bu yerlarni
bog‘-bo‘stonga to‘ldirgaylar.
Rasululloh aytganlaridek, ko‘p vaqt o‘tmay, shu buloq atrofidagi yerlar yam-yashil bog‘-
bo‘stonlikka aylanib, xalqqa to‘lmish edi.
Yana bir kuni Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shu Tabuk safarida bosh oqshomdan
sahar vaqtigacha yo‘l yurdilar.
Tuya ustida uyqu eltib, mudroq bosdi. Bir oz yurgach, tuya ustidan yontoyg‘ali turdilar
(og‘ib keta boshladilar). YOnlarida Abu Qatoda raziyallohu anhu Rasululloh holatlarini
payqab kelayotgan edi. Yana tuya ustidan tushib ketmasinlar, deb sekingina kelib bir
qancha yergacha suyab bordi. Tun qorong‘usida, Rasululloh uyg‘ongach, boshlarini
ko‘tarib:
— Sen kim eding? — dedilar.
— Yo Rasulalloh, Abu Qatoda erurman. Tuyadan yiqilib ketgaysizmu deb qo‘rqqanimdan
bu kecha yoningizdan jilmadim, — dedi.
Anda Rasululloh:
Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy
Do'stlaringiz bilan baham: |