ZAYD IBN HORISANING CHOPULI
Bu voqea shundoq erdikim, mol bilan Shom shahridan chiqqan Quraysh karvoni
Makkaga o‘tub boradur, deb Rasulullohga xabar yetdi. Buni anglab, Rasululloh Zayd ibn
Horisa qo‘l ostida bir yuz yetmish kishilik bir bo‘luk otliq askar chiqardilar. Maqsadlari
esa, karvondagi dushman molini bosib olish edi. Orada tinchlik shartnomasi tuzilmagan
bo‘lsa, u kunlarda qaysi yo‘l bilan bo‘lsa ham dushmanga zarba yetkazmak siyosat
olamida yurib turgan bir qonun edi. Shu borishlarida dushman karvonini butun mollari
bilan qo‘lga tushirdilar. Bir nechalari qochib qutuldi, qolganlari esa asir olindi.
Bular ichida Rasulullohning kuyov o‘g‘illari Abul Os ibn Robi’ ham asirga tushgan edi. Bu
kishi ersa Rasulullohning qizlari Zaynabning abushqosi erdi, Badr urushida asirga
tushganida qizlari Zaynabni Madinaga yuborib berish sharti bilan o‘zini asirlikdan ozod
qilgan edilar. Oradan to‘rt yil o‘tgandan keyin karvon bilan yana u kishi asir tushib qoldi.
Lekin Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bu kuyovlaridan rozi edilar. Chunki Makkada
turganlarida butun Quraysh raislari Payg‘ambarimizning qizlari Zaynabga taloq berishni
unga taklif qilsalar ham, qabul qilmagan edi. Buni anglagach, Rasululloh undan shod
bo‘lgan edilar. Lekin Qur’on hukmida kufr va iymon bir nikohda bo‘lishi mumkin
bo‘lmaganlikdan, qizlari Zaynabni undin ajratib olmish edilar. Shundan beri Zaynab
Rasulullohning qo‘llarida edi. Ammo Abul Os ersa, Quraysh raislaridan bo‘lib, alar ichida
e’tiborlik kishilardin sanalur edi. Va onamiz Hazrati Xadicha ham unga xola bo‘lur edilar.
Necha tomondan Rasulullohga qarindoshligi bor edi. Yo‘l to‘sib chiqqan sahobalar karvon
qatoridan uni ham asir olib, molini o‘lja qilmish edilar.
Madinaga keltirilgandan so‘ngra Zaynabga bir kishi yuborib, o‘zi uchun omon olishni
so‘radi. Anda Zaynab to‘g‘ri Rasulullohga kelib:
— Yo Rasulalloh, Abul Os bilan oramiz uzilmagan bo‘lsa bolamning otasidur, agar uzilgan
bo‘lsa qarindoshimdur. Bu kishiga omon berib, uni o‘z himoyatimga oldim, — dedi.
Bu so‘zni butun xalq eshitdi.
Anda Rasululloh sahobalarga qarab aytdilarkim:
— Bu kishining bizga qanday yaqin ekanligi sizlarga ma’lumdir. O‘zi asir tushib, mollari
o‘rtada taqsimlandi. Agar unga yaxshilik qilur ersangiz, o‘zini ozod qilib, molini qaytarib
bergaysiz, yo‘q der ekansiz, Xudo yetkuzgan o‘z halol molingiz bo‘lib, bu ishda ixtiyor
sizlardadur».
Sahobalar Rasulullohdan bu so‘zni anglashib, bu ishga roziliklarini bildirishdilar. So‘ngra
o‘rtada taqsim topib ketgan unga qarashlik barcha mollarini o‘ziga qaytarib berishdi. Shu
bilan Abul Os boshi bo‘shab, hamma molini olib, Makkaga keldi. Shom savdosiga
Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy
Do'stlaringiz bilan baham: |