Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy
www.ziyouz.com kutubxonasi
111
yuz ellik kishi bilan alar ustiga tezlikda yurish qildilar. Buni anglashib, dushmanlarga
qattiq qo‘rqinch tushdi. O‘ltirgan joylaridan turishib, tog‘ boshlariga qochishdilar. Ammo
Payg‘ambarimiz shu yurganlaricha Zu Amr degan suv ustiga kelib, shu joyda qo‘shin
qurdilar. Shu kuni qattiq yog‘in bo‘lib, barilarining kiyimi ho‘l bo‘lgan edi. Shu orada
havo ochilib, kun qizishga boshladi. Rasululloh boshliq hamma askarlar xo‘l kiyimlarini
yechishib, quritmoqchi bo‘ldilar. Ularni yog‘ochlar (daraxtlar) ustiga osishib, ostida
salqinlab yotishdilar. Butun askar tarqalib, Rasululloh ham bir daraxt soyasida yolg‘iz
yotgan edilar. Ustilarida qorovul bo‘lg‘udek odam yo‘q edi. Chunki Allohdin vahiy kelib:
«Vallohu ya’simuka minannas»: Ya’ni, «Alloh seni kishilarning ziyonidan saqlaydi»,
degan oyat nozil bo‘lgan edi. Shu oyat tushgandin keyin payg‘ambarimiz: «Bundin
so‘ngra meni ko‘rimoqqa hojat yo‘qdur. Alloh o‘zi saqlamoqqa va’da berdi. Endi bundin
keyingi kunlarda g‘animlar tomonidan hech qanday ziyon-zahmat ish menga yetmaydi»,
dedilar.
Bu so‘zni onglashgandin so‘ngra, sahobalar Payg‘ambarimizdan ko‘ngillari tinchib,
daraxtlar ostiga tarqashib ketgan edilar. Tog‘ boshidan qarab turgan mushriklar raisi
Du’sur buni ko‘rib, ko‘ngliga shayton kirdi. Rasulullohning yolg‘iz qolganliklaridan
foydalanib, qasd olmoqchi bo‘ldi. Saqlaguvchi Allohdin xabari yo‘q, yashirin yo‘llar bilan
yurib, Rasululloh ustilariga keldi, qilich urmoq qasdi bilan qo‘l ko‘targan edi, shu chog‘da
Rasululloh uyqudin uyg‘onib qoldilar. Qarasalar, bir kishi qo‘lida qilichini yalanglab: «Ey
Muhammad, endi seni mening qo‘limdan kim qutqara olgay?» dedi. Anda
Payg‘ambarimiz: «Alloh qutqargay» dedilar.
Shu bilan oyoq-qo‘li qo‘rqinchlik qaltirab, qilich qo‘lidan tushdi. Darhol Rasululloh qilichni
qo‘llariga olib: «Endi seni kim qutqara olur?» dedilar. Ul ham «O‘zingdan o‘zga
qutqaruvchi yo‘qdur», deb kechirim o‘tindi. Rasululloh ham uni afv qildilar. Bunday
olijanoblikni ko‘rgach, darhol iymon keltirdi. Orqada qolgan qavmlarini dinga dalolat
qilgach, alar ham dinga kirdilar. Bir zum ilgari qanday qattiq dushmanlikda turgan qora
yurak kishilar Rasulullohning go‘zal qiliqlarini ko‘rib, ko‘ngillari iymon nuri bilan yoridi.
Alarning dushmanliklari bir damda do‘stlikka aylandi.
«Yo muqallibal qulub, sabbit quluvbana ala dinik». Ma’nosi: «Ey bor Xudoyo, dilimizni
Islom dini uzra turg‘izib, haq yo‘ldin ko‘nglimizni toydirmagil» demakdir.
Odam bolasi o‘z ixtiyori bilan haq yo‘ldin toymaguncha, Alloh taolo uni haq yo‘ldin
chiqarmas. Ul Zot, jannat yo‘lini va ham do‘zax yo‘lini bandalariga ko‘rsatdi, bu yo‘llarni
alarga tanitsin, deb payg‘ambarlar yubordi, alar kelib Alloh amrini bandalariga
yetkazdilar. Qaysi yo‘lga kirish, qaysi yo‘lga kirmaslik kerak, buning ixtiyorini
bandalarining o‘zlariga qo‘ydi. Endi banda o‘z ixtiyori bilan jannatga kira oladi va o‘z
ixtiyori bilan do‘zaxga tushadi. Do‘zaxga tushganlar hech kimdan ko‘rishga haqlari
yo‘qdur. Endi, agar banda yaxshilikka yotsa Allohga shukr qilsin. Agar yomonlik topsa,
buni o‘zidan ko‘rsin. Islom dinining e’tiqodi shuldur, So‘zdin so‘z tug‘ilur, o‘quvchilarga
foydasi bo‘lgay, deb bu haqiqatni yozdim.
Do'stlaringiz bilan baham: