www.ziyouz.com kutubxonasi
108
buzg‘unchilik tushdi. Shoshganlaridan og‘ir yuklarini qoldirib, ba’zilarini sochib, qochib
ketdilar. Ularning ketidan xiyol o‘tmay, Islom askari ham yetib keldi. Ko‘rdilarkim,
olishga ulgurmay tashlab qochgan narsalarining ko‘prog‘i arpa-bug‘doyning talqoni ekan,
shuning uchun bu g‘azotga «Saviq» g‘azoti deb nom berildi, va shu yili Alloh taolo
musulmonlarga ikki iyd namozini o‘qimoqqa buyurdi. Bu ikki iyd namozini butun shahar
va qishloq xalqlari bir joyda yig‘ilishib o‘qimoq sunnat bo‘ldi. Buning hikmati shul
erdikim, bu yig‘ilgan musulmonlar diniy birlik ittifoqlarini ko‘zlari ko‘radi. Barchalari bir
Allohning qullari, bir payg‘ambar ummati ekanliklarini eslarida tutadi. Payg‘ambarimiz
Muhammad alayhissalomning birlik, ittifoqlik to‘g‘risidagi ummatlariga bergan
topshiriqlarini yodlaridan chiqarmasunlar.
Shuning uchun Rasululloh bu ikki iyd namozlarida butun musulmonlar bir joyga
yig‘ilishib, ulug‘ jamiyat bilan namoz o‘qishni sunnat qildilar. Bundan maqsadlari
tanishgan-tanishmagan musulmonlar barchalari bir tug‘ ostida yig‘ilganlarini alarga
bildirish edi. Shu ittifoq va muhabbatlarini mustahkamlash (ching‘itish) uchun chora
ko‘rish lozim bo‘lganlikdan boy kishilarga ro‘za iydida kambag‘allarga fitr sadaqa berish,
qurbon oyida qurbonlik qilish vojib bo‘ldi. Bu ikki ehsonning avvalgisi yo‘qsillarga iyd
harjisi bo‘ldi. Ikkinchisi esa ulug‘ bayram kunlarida boylarning kambag‘allarga bermish
ziyofatidur.
Islom diniga bo‘ysungan, bu ulug‘ ne’matning qadriga yetgan har bir mo‘min odam bu
diniy vazifalarni o‘z vaqtida ado qilmoqlari albatta lozimdur. Chunki Payg‘ambarimiz
aytdilar: «Kimning boyligi bo‘laturib, qurbonlik qilmas ersa, u kishi biz bilan chiqib, iyd
namozini o‘qimay qo‘yaqolsin».
Hazrati Abu Hurayra rivoyat qildi, Rasululloh aytdilar: «Man vajada siatan falam yuzahhi
fala yaqrabanna musallana»: Ma’nosi: «Kimning quvvati yeta turib, qurbonlik qilmasa,
bizning iyd namozi o‘qiydigan joyimizga yaqinlashmasun», demakdur. Mana shu hadisni
dalil qilib, hazrati Imomi A’zam: «Har bir qudrati yetgan kishiga qurbonlik qilish vojib»,
dedilar. Qurbonlik qilish mo‘minlarga ulug‘ ibodatdur. Otamiz Odam Safiyyullohdin
boshlab, o‘tgan barcha payg‘ambarlar bu ibodatni qoldirmay qildilar, ammo fitr sadaqasi
bo‘lsa, buni iyd namozi o‘qimasdin oldin berib, ado qilmoq vojibdur. Chunki
Payg‘ambarimiz aytdilar:
— Mo‘minlarning bir oy tutgan ro‘zalari xudo dargohiga yetolmasdin, yer bilan osmon
oralig‘ida to‘xtalib qolgay, qachonkim ro‘za tutganlar fitr sadaqasini faqir va miskinlarga
berib, ado qilsalar, shunda dargohga yetib, qabullik darajasini topgay.
Buning yana bir foydasi shuldurki, Payg‘ambarimiz bu iyd kunlarini: «Emak, ichmak,
suyunishmak, xursandchilik kunlari demakdur», dedilar. Agar fitr sadaqasini qoldirmay,
shariat ko‘rsatgan o‘ringa topshirsalar, faqir-miskinlar ulug‘ bayram kunlarida hojatsiz
bo‘lib, yuqorida aytilgan uch narsaga ko‘pchilik qatorida qatnashgaylar. Shu bilan
bayram kunlari barchaga barobar suyunchilik kunlari bo‘lgay. Yana shu yilda
Payg‘ambarimiz qizlari Fotimani Hazrati Aliga nikoh qildilar. Fotimaning yoshi shul
vaqtda o‘n beshga yetgan edi. Hazrati Ali yigirma bir yoshda edilar. Bir kuni Hazrati Abu
Bakr bilan Hazrati Umar Hazrati Aliga aytdilar:
— Ey Ali, Rasululloh qizlari Fotima voyaga yetdi, unga uylanish uchun Rasulullohdin
so‘rar bo‘lsang, albatta senga berurlar, — deyishdi. Yana xotunlardan biri:
— Ey Ali, agar xotun olur bo‘lsang, Rasulullohdin Fotimani talab qilgil, — dedi.
Shuning bilan uylanish niyati Hazrati Alining ko‘ngliga tushdi. Arablar odaticha, Hazrati
Ali to‘g‘ri kelib: «YO Rasululoh, Fotimani menga juft qiling», deb so‘radi. Anda Rasululloh
aytdilar: «Agar mahr bo‘lgudek biror narsang bo‘lsa, uni keltirgin». Hazrat Alining
g‘azotga minarlik bir otdin, urush kunlarida kiyarlik bir sovutdin boshqa hech narsalari
yo‘q edi. Rasululloh otni qoldirib, sovutni sotmoqni buyurdilar. To‘rt yuz sakson tanga
Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy
Do'stlaringiz bilan baham: |