www.ziyouz.com
kutubxonasi
84
shariatga to‘g‘ri kelgudek, ikkinchidan, aqlga yoqqudek qilib ishlamoqdur. Bu hadisning
ko‘rsatishicha, har kosib o‘z kasbini, har xunarmand o‘z hunarini qo‘lidan kelganicha
yaxshilab ishlashi kerakdur. Insonning qiladurgan ishlari dunyo tirikchiligiga tegishlik
yoki uning oxiratiga foyda berarlikdur. Bularning har birida ham ehson bordur.
Ibodatdagi ehson shulki, Alloh oldida turgandek, Allohni o‘z ko‘zi bilan ko‘rib turgandek
ogohlik bilan ibodat qilmoqdur. Chunki Rasululloh aytdilar:
«An ta’budalloha kaannaka tarohu, fani lam takun tarohu, fainnahu yaroka». Ma’nosi:
«Namoz o‘qib, ibodat qilgan chog‘ingda sen Allohni ko‘rolmasang ham, ul seni ko‘rib
turadur. Shuning uchun sen ham Allohni ko‘rib turgandek, hushyorlik bilan o‘qishing
kerak».
Yana rivoyatda shundoq kelibdur: Sahobalardan bir kishi vafot topdi. Payg‘ambarimiz
uni uzatib, qabristonga keldilar. Mayit (o‘lik) qabrga qo‘yilgandan so‘ngra lahad og‘ziga
go‘rkov kesak terdi. Bular orasida biroz joy ochiq qolganini Rasululloh ko‘rdilar. Darhol
shu joyga to‘g‘ri kelgudek bir parcha kesak olib, uning qo‘liga berdilar. Bu bilan u
teshikni berkit dedilar. Anda go‘rkov turib:
— Yo Rasulalloh, bir oz kundan keyin bu qo‘yilgan kesaklar ham to‘kilib ketar. Bunchalik
kichik teshiklarni to‘sib o‘ltirishning hojati yo‘qdur, — dedi. Anda Rasululloh:
— Har hunarmand o‘z hunarini, har ishlovchi o‘z ishini yaxshilab qilsa, Alloh uni do‘st
tutqaysen ham o‘z ishingni yaxshilab qil, — dedilar. Rasulullohning shu yuqorida aytgan
hikmatli so‘zlari hamma ummatlariga ikki dunyoda foydalanish uchun yetarlik
nasihatdur. Yana o‘z so‘zimizga kelaylik.
Yuqoridagi oyat hukmiga qarab, eng avval Quraysh mushriklariga qarshi jihod qilmoqqa
tayyorgarlik ko‘rdilar. Chunki u oyat mazmunida «urushganlarga qarshi urushgin», deb
buyruq berilgan edi. Bu to‘g‘rida urush boshlaganlarning birinchilari Quraysh mushriklari
edi. Shuning uchun Payg‘ambarimiz Makka ahlidan boshqa arablar bilan yarash yo‘lini
tutdilar. Qachonkim, ular ham dushmanlarni yoqlab, musulmonlarga yog‘iylik qilib edilar,
shu chog‘da bu oyat keldi:
«Vaqotilul mushrikiyna kaffatan kama yuqotilunakum kaffah». Ya’ni: «Sizlarga qarshi
dushmanlik ko‘rsatuvchi barcha mushriklar bilan urush qilinglar», degan mazmunda
butkul arab butparastlari bilan g‘azot qilmoqqa buyruq bo‘ldi. Mana shu kundan boshlab,
jihod davri boshlandi.
Rasululloh sallallohu alayhi vasallamning umr ichida qilgan safarlari to‘rt turlik edi.
Birinchisi, hijrat safarlaridurkim, Makkadan chiqib, Madinaga keldilar. Ikkinchisi,
hijratdan so‘ngra oltinchi yilning oxirlarida Umra ibodatini qilish niyati bilan bir ming
besh yuz kishi birgalikda Madinadan Makkaga safar qildilar. Bu safarlarida Quraysh
mushriklari to‘sqinlik qilib, umralari qazo bo‘ldi. Makkaga kirisha olmasdan Makka bilan
Jidda oralig‘ida Xudaybiya degan yerda bir necha kun turganlaridan keyin yana
Madinaga qaytdilar. O‘n yillik muddat bilan mashhur Xudaybiya sulhi shu o‘rinda tuzilgan
edi. Sulh shartining yo‘siniga bir yil o‘tgandan so‘ngra, o‘tgan yildagi safar yo‘ldoshlari
bilan Madinadan chiqib, Makkaga kelib, qilolmay qolgan umra qazosini o‘tab yondilar
(qaytdilar). Uchinchisi, haj safarlari erdikim, qudrati yetgan har bir mo‘minga buni ado
qilish farz bo‘ldi. Hijratning o‘ninchi yilida Payg‘ambarimiz to‘qson ming kishi birligida
shu haj safariga chiqdilar. Haj farz bo‘lgandin keyin bundan boshqa haj qilmadilar. Bu
hajlarida butun ummatlari bilan vidolashdilar. Shuning uchun buni «Vido haji» deb
atadilar. To‘rtinchisi, g‘azot safarlari edi. Payg‘ambarimizning butun umrlari ichida qilgan
safarlarining eng ko‘prog‘i ham shuldir. O‘zlari bosh bo‘lib, yigirma yettita g‘azotga
chiqdilar. Qirq yetti marotaba yo‘rtaval yo‘sinida sahobalardan bir bo‘luk askarlarini
g‘azotga chiqardilar. Qilgan safarlarining barchasi yetmish to‘rt yurish bo‘ldi.
Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy
Do'stlaringiz bilan baham: |