Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
316
— Yo Rasulalloh, uyqungiz buzilmasin deb qimirlamasdan o‘ltirdim. Namoz vaqti o‘tdi,
o‘qiyolmay qoldim, — dedi.
Anda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
—
Ey bor Xudoyo, agar Ali sening xizmating va mening xizmatim uchun o‘ltirgan bo‘la,
botgan quyoshni qaytarg‘il, namozini o‘qib olsin, — dedilar ersa, darhol lop etib kun
chiqdi. Hazrati Ali namozini o‘qib bo‘lishi bilan kun botib, qorong‘ulik bosdi.
Bundog‘ ishlarning bo‘lishi Xudo qudratiga qaralsa hech narsa emasdur.
Oy-kunlarning
chiqishi, botishi Alloh amri bilan bo‘lur. O‘n sakkiz ming olamda aning hukmidan tashqari
qilchalik ish yo‘qdur. Ishondik, iymon keltirdik,
ey rabbim, iymonimizni mangulik qil.
Omin!
UCHINCHI MO’JIZA
Bu ersa daraxtlar tilga kelib Payg‘ambarimizga salom berishidir. Bu mo’jizani ko‘zlari
bilan ko‘rgan yaqin yuz sahoba rivoyat qildi. Bular ichida chahoryorlar boshliq, ulug‘
sahobalardan ko‘p kishilar bordir.
Hazrati Umar rivoyat qilur:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan g‘azot safariga chiqdik. Yo‘lda ketayotgan bir
a’robiyni ko‘rib:
Qayon borursan? — deb so‘radilar ersa:
Uyimga borurman, dedi.
Shunda ul zot:
Yaxshilik topmoqqa qandaysan? —
deb edilar, u nimadur dedi.
Anda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
— Meni Alloh taolo butun Yer ustiga Payg‘ambar qilib yubordi, yaxshilikka yetganing
shuldur, deb marhamat qildilar.
A’robiy:
— Men sening Payg‘ambarligingni qaydin bilurman? Bu aytgan so‘zing rostligiga kim
guvohlik bera olur? — dedi.
Anda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam soy ichida ko‘rinib
turgan bir tup daraxtga
qarab:
— Ana shu daraxt menim Payg‘ambarligimga guvohlik berur. Sen unga borib, seni
Rasululloh chorlaydi degil, kelib guvohlik bersun, — dedilar.
A’robiy borib u yog‘ochga shu so‘zni aytdi.
Daraxt oldi, orqa, ikki yoniga egilib qimirladi.
Yer yorib tomirlarini sudraganicha to‘g‘ri Rasululloh oldilariga kelib:
«Assalomu alayka yo Rasulalloh», deb salom berdi.
A’robiy:
— Daraxtga buyurgil, yana o‘z o‘rniga qaytsun, — dedi.
Rasululloh amr qildilar ersa, ildizlarini chuvalandirganicha qaytib borib, o‘z
joyiga
o‘rnashdi. Bu ulug‘ mo’jizani ko‘rgan a’robiy darhol iymon keltirdi. So‘ngra:
— Yo Rasulolloh, ruxsat bering, sizga sajda qilurman, — dedi.
Anda Rasululloh:
— Maxluqqa sajda qilmoq durust emasdur. Agar tuzuk bo‘lsa edi,
xotinlar erlariga sajda
qilsun, deb buyurgay edim, — dedilar.
— Yo‘q esa ruxsat bering, qo‘l-oyog‘ingizni o‘payin,— dedi.
O‘pishga ruxsat qildilar.
Pir-ustozlar oyoq-qo‘llarini o‘pmaklik shundan qolgandur.
Do'stlaringiz bilan baham: