www.ziyouz.com
kutubxonasi
252
dushman askari chidab turolmay qochdilar. Shunday ulug‘ mo’jizani o‘z ko‘zi bilan ko‘rib
o‘tkazdi. Ikkinchidan esa, bu urushda arab tuprog‘iga Islom kirgandan beri bo‘lib o‘tgan
urushlarning eng qattig‘i edi. Shuning uchun bu urush to‘g‘risida Allohdan shu oyat
keldi:
«Va ma romayta iz romayta va lakin-nalloha roma».
Ma’nosi: «(Ey Muhammad), shu bir hovuch tuproqni zohirdan sen otgan bo‘lsang ham,
ey Muhammad, haqiqatda uni sen otmading, uni Alloh otdi», demakdur.
Albatta, uni Alloh otgandur, bo‘lmasa Rasulullohning otgan bir hovuch tuprog‘i shuncha
ming dushman askarining ko‘zlariga qaydan kirar edi. Bu urushda qanchalik ko‘p
xalqning mol-jonlari chiqim bo‘lishiga, xotin-bolalari o‘lja sifatida asir olinib, boshqa
arablar oldida nomusga qolishlariga shu raislari sabab bo‘lmish edi. Shundog‘ bo‘lsa ham
Rasululloh uni avf etib, qabilasining musulmonlariga rais qildilar. Shunday oliy axloqni
ko‘rib, umid etmagan ishiga ega bo‘lgach, jon-dili bilan Rasulullohga berilib, Islomning
chin xizmatchilaridan bo‘ldi.
Yana o‘z so‘zimizga kelaylik. So‘ngra Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shu tushgan
joylari — Ji’rona degan yerdan umra ibodatini ado qilmoq uchun ehrom bog‘lab Makkaga
kirdilar. Bu bilan Makkaning oralig‘i olti chaqirim chamasida kelur.
Haram tashqarisidan Umra qilish qasdida ehrom bog‘lagan kishi kelib, Baytullohni yetti
marotaba aylanib tavof qilgandan keyin, ikki rakat tavof namozi o‘qisa, u yerdan chiqib
Safo, Marva tog‘lari orasida yetti qayta yurgandan keyin sochini oldirsa, shu bilan
«umra» ibodatini o‘tagan bo‘lur. Shu tartibda uch umra qilgan kishi bir haj qilganning
savobini topgay.
Rasululloh umra ibodatlarini tamomlagach, Makkada yotmay, shu kecha qaytib Ji’ronaga
keldilar. Askarning oldi-orqasi yig‘ilib kelguncha bu joyda o‘n uch kun turib qoldilar. Toyif
safariga chiqqanlarida Makka shahriga Itob ibn Usayd degn kishi amir qo‘yilmish edi. Uni
o‘z o‘rnida qoldirdilar. Sahobalardan Mu’oz ibn Jabal, Abu Muso Ash’ariy — bu ikkovlarini
Makka xalqiga Qur’on o‘qitmoq, Islom xukmlarini o‘rgatmoq uchun tayin qildilar.
Shuning bilan Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Makkadan chiqib, hijratning
sakkizinchi yili zulqa’da oyidan olti kun qolganda Madinaga keldilar. Bu safardan
qaytgunlaricha sakson kundan ko‘proq o‘tibdur. G‘azot safarlari ichida eng uzuni shul
edi.
Tarix olimlari aytdilar, Rasulullohning arab tuprog‘ida qilgan g‘azotlarining birinchisi Badr
g‘azoti edi. Eng oxirgisi esa shu Hunayn g‘azoti bo‘ldi. Har ikkovida ham musulmonlar
g‘alaba qozondilar. Johiliyat o‘tlari o‘chirilib, Islom chirog‘i yondirildi. Buning natijasida
Arabiston o‘lkasidan kufr qorong‘uligi butunlay ko‘tarildi.
Nasr surasidagi Xudo tarafidan qilingan va’dalar yuzaga chiqdi. Ya’ni, Makka fath bo‘lishi
bilan arab xalqi to‘p-to‘pi bilan, qabila-qabilasi bilan kelishib, Islom diniga kirgali turdilar.
Yaqindagilari o‘zlari kelishdi, yiroqdagilari elchilar yuborishib, iymon keltirishdi. Shunday
bo‘lib, butun arablar Islom diniga bo‘ysundilar va bular orqali Arabiston cho‘llarida
sochilib, tarqoq yashayotgan butun qabilalar birlashib, Islom tug‘i ostiga yig‘ildilar.
Demak, bir-birlari bilan birlashmoqdan davlat kuchi tug‘ilib, Islom hukumati qurildi.
Mana shu kundan boshlab, Islom dini butun dunyoga tarqalgali turdi. Endi Islom dini
ersa insonlar uchun Alloh tomonidan saylab chiqarilgan ilohiy bir qonundir. Bu dinning
qonunnomasi bo‘lgan Qur’on kitobini Payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalomga Alloh
taolo yubormishdur. Undagi aytilmish so‘zlarning aniqligida hech qanday shubha
yo‘qdur.
Lekin nachoradurki, biz, musulmon atalmish kishilar shundayin muborak kitobdan
keragicha foydalanmadik. Bizni ko‘rib boshqalar ham eski chuprakka o‘ralmish gavharni
taniyolmasdan, orqalariga otib tashladilar. Shuning bilan butun olam qorong‘ulikka kelib,
Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy
Do'stlaringiz bilan baham: |