www.ziyouz.com
kutubxonasi
246
qal’ani qo‘ldan berib qo‘ymanglar. Bizning kunimiz qursin, sizlarga ham kelgay, biz ersa
shu kunda qullardan ham holimiz xarobdur, — dedi.
Islomni yomonlab bundan ham boshqacha ko‘p so‘zlarni ularga aytdi. Shu bilan
dushmanlarni kuchlantirib qo‘yib qaytib chiqqach, Rasululloh:
— Ey Uyayna, ularga nima deb aytding? — deb undan so‘radilar.
Shunda ul:
— Men ularni jannatga qiziqtirdim, do‘zaxdan qo‘rqitdim, Islom diniga da’vat qildim, —
dedi.
Anda Rasululloh:
— Hoy yolg‘onchi, qachon shunday deding, yolg‘on so‘zlama, — deb unga aytgan
so‘zlarining birini ham qoldirmay aytib berdilar.
U ersa hayron qolib, xijolat bo‘lganidan:
— Yo Rasulalloh, bu ishdan, Xudoga tavba qildim, aning payg‘ambaridan bu gunohim
uchun avf so‘rarman,— dedi.
Bu aytgan xiyonat so‘zini sahobalar anglab, uni o‘ldirmoqchi bo‘lsalar, Rasululloh
sollallohu alayhi vasallam ruxsat qilmadilar.
So‘ngra Hazrati Umar Rasulullohga kelib:
— Yo Rasulalloh, bu ishimiz ko‘p uzayib ketdi, qal’aga hujum boshlaylik, ruxsat qiling, —
dedi.
Anda Rasululloh:
— Bu to‘g‘rida men Allohdan vahiy kutmoqda edim, shu kungacha vahiy kelmadi. Endi
bu ish ustida maslahat qilgaymiz, — deb Daylam qabilasi raisi Navfal ibn Muoviyani
chaqirtirib, bu haqda u bilan kengashib oldilar.
Ul:
— Yo Rasululloh, bular bo‘lsa iniga qochib kirgan tulkiga o‘xshab qoldilar. Agar uni
poylab o‘ltirsan, tutib olgaymiz. Tashlab ketsak, bizga ziyon yetkiza olmagaylar, — dedi.
Rasululloh bu so‘zni to‘g‘ri topib Hazrati Umarga buyurdilarkim, askarni ko‘chirgay. Bu
so‘zni angladilar ersa, shaharni olib, dushmanni yengmasdan qal’ani qoldirib ketsak,
arablar ichida nomusga qolgaymiz, deyishib tashlab ketishni og‘ir oldilar. Haqiqatda
Rasulullohning aytganlari yaxshi maslahat edi. Bularning ko‘ngliga qarab qaytadan
hujumga buyurib edilar, bu gal ilgarigidan ham ko‘p kishilarga o‘q tegib, yaradorlar
ko‘payib ketdi. Shunda bilishdilarkim, Rasulullohning deganlari xalq uchun foydali
ekandur.
Sahobalardan bir nechalari kelishib:
— Yo Rasululloh, duo qiling, Saqif xalqi halok bo‘lsin, — dedilar, Rasululloh ersa:
— Ey bor Xudoyo, Toif xalqi Saqifni hidoyat qilgil, barchalarini musulmon qilib keltirgil,
— deb ularga yaxshi duo qildilar.
So‘ngra Rasululloh sollallohu alayhi vasallam urushni to‘xtatib, askarni ko‘chishga
buyurdilar. Bular ham suyunishgan holda ko‘chgali turdilar. Shu bilan Toyif ustidan
ko‘chishib Makka tomonidagi Ji’rona degan joyga kelishdilar.
Dushmandan tushgan o‘lja mollar shu o‘rinda to‘plangan edi. Shu qaytishlarida daraxtli
soy ichida kechalab kelayotgan Rasulullohni uyqu eltib, tuya ustida uxlab qoldilar. Sidra
degan bir yo‘g‘on yog‘och to‘g‘risiga kelib tuya qoplanib edi, u yog‘och ikkiga yorilib,
o‘rtasi katta eshikdek ochildi. Rasululloh uxlaganlaricha bilmasdan o‘tib ketdilar. U
daraxt shu ajralganicha qoldi. Xudo qudrati bilan bo‘lgan bunday ishlar agar
payg‘ambarlarga bo‘lsa, mo‘jiza bo‘lur. Avliyolardan ko‘rilganlari ersa karomatdur. Har
ikkoviga ishonish musulmonlarga farzdur. Yana o‘z o‘rni kelganda bu masalani har kim
tushungudek qilib aytib o‘tarmiz, inshalloh.
Shuning bilan Rasululloh manzilga kelib tushganlaridan keyin dushmandan olingan
Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy
Do'stlaringiz bilan baham: |