Microsoft Word tarixi muhammadiy ziyouz com doc



Download 1,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet192/397
Sana17.07.2022
Hajmi1,5 Mb.
#817743
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   397
Bog'liq
Tarixi Muhammadiy

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
192
Anda Rasululloh aytdilar: 
— Ey Umar, men rozi bo‘lg‘on ishga nechuk sening roziliging yo‘qdur? 
Bu so‘zga qarshi Hazrati Umar: 
— YO Rasulalloh, siz Xudoning haq payg‘ambari emasmisiz, bizlar haqlik uzra bo‘lib, 
kofirlar botillik uzra emaslarmu? Biz haq din uzradurmiz, kofirlar esa botil din uzradurlar. 
Biz o‘ldurulsak jannatga kirishimiz, kofirlar esa do‘zaxga ketishlari aniq emasmu? — 
dedilar. 
Anda Rasululloh: 
— Albatta, aniqdur, — dedilar. 
— Endi so‘z shundoq ersa, biz nechuk bu xorliqqa rozi bo‘lamiz? Bu shartnomadagi og‘ir 
shartlarni qabul qilmoq biz uchun haqoratdur. 
Anda Rasululloh aytdilar: 
— Ey Umar, men bo‘lsam Xudoning payg‘ambaridurman, unga qarshilik qilmasman, ul 
meni hech vaqt yordamsiz tashlamagay. 
Bu javobdin so‘ng Hazrati Umar ham rozilik berdi, bu ish Alloh izni bilan bo‘layotganini 
bilgach, yana savol qildilar: 
— Yo Rasulalloh, bu safarga chiqar chog‘imizda Makka shahriga kirgaymiz. Baytullohni 
tavof qilgaymiz, deb aytgan edingiz. Endi bu sulhnomaning shartlariga ko‘ra Makkaga 
kirmay, Baytullohni ziyorat qilmay, Madinaga qaytmoqchi bo‘ldik. Bunday bo‘lgach, bu 
haqda aytgan xabaringiz qandoq bo‘ldi? — dedi. 
Anda Rasululloh: 
— Ey Umar, Makkaga kirib, Baytullohni ziyorat qilamiz deganim aniqdur. Ammo shu yili 
Makkaga kiramiz deb aytganimni eshitdingmi? 
Hazrati Umar: 
— Eshitganim yo‘q, yo Rasulalloh, — dedilar. 
Rasululloh: 
— Andoq ersa, albatta bu aytgan so‘zimning bo‘lishi haqdur. Kelasi yili Makka shahriga 
kirib, Baytullohni ziyorat qilurmiz, — dedilar. 
Rasululloh deganlaridek, bir yildan so‘ngra shu kelgan askarlar Makkaga kelib, 
Baytullohni ziyorat qildilar. 
Shuning bilan sulhnoma yozilib bo‘lgach, Haramga atalgan tuyalarni so‘yib, go‘shtlarini 
faqirlarga taqsim qilib bermakka buyurdilar. Bu tuyalarning soni yetmishga yaqin bor 
edi. Bular ichida bir bug‘ro tuya bo‘lib, aning Arabistonda nomi chiqqan edi. 
Ul ersa ilgari zamonda Abu Jahlning tuyasi edi. Badr urushida Abu Jahl o‘ldirilib, bu tuya 
o‘lja olinmish edi. Sulh tamom bo‘lgach, bu atalmish tuyalarni keltirib so‘ymoqchi 
bo‘ldilar. Shu vaqtda bu tuya qochib Makkaga kirib, Abu Jahlning qo‘rasiga borib 
to‘xtadi. Tuya orqasidan Amr ibn G‘anama degan sahoba quvlab yetib keldi. U kishi ersa 
ansor sahobalaridan erdi. Makka mushriklarining yosh-yalanglari bu tuyani ko‘rishib, uni 
bermaslik uchun janjal qildilar. 
Anda Suhayl ibn Amr: 
— Agar bu tuyani olmoqchi ersangiz, buning bahosi uchun Muhammadga yuz tuya 
tenglab ko‘ringlar. Agar qabul qilur ersa, u chog‘da olsangizlar bo‘lur. Yo‘q esa, bu 
tuyaga tegina ko‘rmanglar. Tuzgan ahdnomamizni o‘zimiz buzgan bo‘lurmiz, — deb 
alarni qaytardi. 
Shuning bilan bir tuyaga yuz tuya bermoqchi bo‘lishib, o‘rtaga kishi qo‘ydilar. Anda 
Rasululloh: 
— Agar Baytullohga hadya qilib atalmagan bo‘lsa edi, bu yuz tuyani qabul qilur edim. 
Xudo yo‘lida atalgan narsani o‘zgartib bo‘lmag‘ay, — deb so‘zlarini rad qildilar. 
Shuning bilan barcha tuyalar bo‘g‘izlanib, go‘shtlari faqir-miskinlarga tarqatildi. Hadyi 


Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy 

Download 1,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   397




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish