www.ziyouz.com
kutubxonasi
139
qo‘shiniga qo‘shilib birga kelgan edi. Bu qilgan yomonligi o‘z boshiga yetib, bu yo‘li yana
qo‘lga tushib qoldi. Rasululloh buni ko‘rgach, ani o‘limga buyurdilar. Ul aytdi:
— Ey Muhammad, mening gunohimni kechgil, yosh qiz bolalarim uchun o‘limdan meni
qoldirgil, ikkinchi bundoq qilmaslikka ahd berayin, — dedi. Anda Rasululloh aytdilar:
«La yo‘ldag‘ul mu’minu min juhrin marratayni». Ya’ni: «Mo‘min kishi bir teshikdan ikki
qayta o‘zini chaqtirmag‘ay, sen bizni bir yo‘li aldading, endi yana bizni aldayolmagaysan,
— dedilar.
Mana bu so‘zdin Rasulullohning butun ummatlari ibrat olgaylar. Bir ziyon ko‘rgan ishdan
ikkinchi saqlanmagan kishi oqillar qatorida bo‘lmag‘ay. Ayniqsa, siyosat egalari, askar
boshliqlari mundoq ishlarda bek soqlik qilgaylar.
Shuning bilan yo‘l yurib, Rasululloh Madinaga salomat keldilar. Uhuddan qaytib, bu
g‘azotga chiqqanlariga besh kun bo‘lgan edi. Shu kelgan kunlari Quraysh kofirlarining
josuslaridan Muoviya ibn Mug‘ira degan kishi qo‘lga tushdi. Voqeasi shundoq edikim,
Uhud urushi tugab, Quraysh qo‘shini Makkaga qaytgandin so‘ngra bu kishi o‘z erkicha
ulardan ajrab qolib, yashirin ravishda Madina ichiga kirdi. To‘g‘ri Hazrati Usmon uyiga
kelib eshik qoqdi. Aning ayoli Payg‘ambarimiz qizlari Ummu Gulsum erdi.
«Bu kimdir?» deb so‘ragach, Muoviya: «Usmonning yaqin qarindoshi erurman, andin bir
tuya olgan edim, shuning aqchasini bermak uchun keldim, chaqirib bergil», dedi. Shu
orada xiyol o‘tmay, Hazrati Usmon kelib qolib, ko‘rdikim, dushman kishisi o‘tiribdi. Urush
o‘tganiga bir kun bo‘lmagan, ikki orada qancha qon to‘kilgan, shundoq kuyuk ustida
buning kelganini ko‘rib, Hazrati Usmon qattiq cho‘chidi. Chunki bu kishi uning yaqin
qarindoshi edi, arab odaticha qarindoshini dushmandan saqlayolmaslik eng og‘ir ayb
ishlardin sanalur edi. Shuning uchun hazrat Usmon ani ko‘rganida:
— Meni ham halok qilding, yana o‘zingni ham halok qilding, — dedi.
Anda ul:
— Bu yerda sendin o‘zga yaqinroq mening qarindoshim yo‘qdur, sendin panoh tilab
keldim, endi meni o‘z omoningga olgaysan, — dedi.
So‘ngra Hazrati Usmon uyining bir chetiga kirgizib qo‘yib, Rasulullohdin bu kishiga omon
olgani ketdi. Shu orada Rasululloh eshitdilarkim, Muoviya ibn Mug‘ira josuslik bilan
Madinada yuribdur. Ani tezlikda topmoqqa buyurdilar. So‘roqlagan kishilari izini topib,
to‘g‘ri Hazrati Usmon uyiga kirdilar. U qo‘rqqanidan uyda yashiringan edi. Uni uyda
ko‘rmagach, Ummu Gulsum uning yotgan joyini ko‘rsatib, imlab qo‘ydi. Shu yerdan tutib
uni Rasululloh huzurlariga keltirdilar. Darhol o‘limga hukm qildilar. Buni ko‘rib Hazrati
Usmon:
— YO Rasulalloh, sizni haq payg‘ambar qilib yuborgan Alloh oti bilan qasam
qilurmankim, shu hozirda, bu kishi uchun omon so‘rab kelgan edim. YO Rasululloh
buning qonini menga bag‘ishlang, — dedi.
Anda Rasululloh aytdilar:
— Senga buni bag‘ishladim, ammo sharti shuldurkim, bu kishi uch kundan ortiq
Madinada turmasun. Agar shu shart buzulur ersa, Xudo haqi, omon yo‘qdur,— dedilar.
Bundin so‘ngra Quraysh qo‘shinining oldini to‘sib, Hamroul Asad safariga chiqdilar.
Qarasalar, bu safardin qaytib kelgunlaricha bo‘lgan voqeani Qurayshga yetkazmoq
uchun, qilgan shartining buzilishiga qaramay, so‘z tinglab Madinada yurgan ekan.
To‘rtinchi kuni Rasulullohning kelayotgan xabarini onglab, darrov qochib, yo‘lga chiqdi.
Bu ishni Rasululloh onglagach, uning ortidan tutib kelmoq uchun ikki kishini buyurdilar.
Biri Ammor ibn YOsir, ikkinchisi Zayd ibn Horisa edi. «Albatta, uni shundoq joyda
bundoq ish ustida topgaysizlar», dedilar. Rasululloh qanday joyni aytgan bo‘lsalar, naq
o‘shal joyda tutilib, o‘ldirildi. Bu safarda musulmonlardin ikki kishi shahid bergan
bo‘lsalar ham, kofirlardin bu kishi o‘ldirilib, qasoslari qaytdi. Mana shu yilda Hazrati
Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy
Do'stlaringiz bilan baham: |