Microsoft Word tarixi muhammadiy ziyouz com doc



Download 1,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet143/397
Sana17.07.2022
Hajmi1,5 Mb.
#817743
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   397
Bog'liq
Tarixi Muhammadiy

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
138
Sufyonning ko‘zi Ma’badul Xuzoiyga tushdi. Buning Madina tomonidan kelayotganini 
bilgach: «Orqangda nima bor?» deb andin so‘radilar. Anda ula aytdi: «Bilganim 
shuldurki, Muhammad qalin qo‘shin tortib, qizg‘inlik bilan kelayotibdur. Uhud urushida 
bo‘lolmaganlar barisi bu safarda birga chiqmishdur. Butun askar qaynagan qozondek 
g‘azablanib kelmakdadurlar. Ularning eng suygan tilaklari ersa, sizlardin o‘ch olmoq 
ko‘rinur», dedi. 
Yuqoridagi Safvonning aytgan so‘zi ustiga buning so‘zi qo‘shimcha bo‘lib, Quraysh 
qo‘shiniga qattiq qo‘rqinch tushdi. Anda Abu Sufyon Ma’badil Xuzoiydin maslahat so‘rab: 
«Ey Ma’bad, endigi ish nimadur, qandoq qilsak biz uchun yaxshilik bo‘lur?» dedi. Anda 
Ma’badil Xuzoiy aytdi: «Muhammadning bu kelishiga qaraganda, bu yerdin sizlar ko‘chib 
ulgura olmasdin turib, uning qo‘shini kelib bosgay. Endi bu joydin tezroq ko‘chib, yo‘l 
tortmoqdin boshqa, sizlarga foydalik ish yo‘qdur», dedi. Bu so‘zlar bilan Quraysh 
qo‘shinlarining qo‘rqinchlari ziyoda bo‘lib, shoshilinch ko‘chib yo‘lga tushdilar. 
Qo‘rqinchlik bo‘lganlikdan og‘ir yuklarini olishga ulgurolmadilar. Ungachalik Islom 
qo‘shini oldidan uch kishi avval yo‘lga chiqqan edi. Dushman ko‘ziga ko‘rinib qolib, 
alardin ikkovi qo‘lga tushdi. Birovi qochib qutulib, dushmanning ketgan xabarini 
Rasulullohga yetkazdi. Qo‘lga tushgan ikki kishini omon bermay, darhol o‘ldirdilar. 
Alarning ko‘chib qochgan joylariga kelganlaridan so‘ngra urushmaslik to‘g‘risida 
Safvonning so‘zini Rasululloh onglagach, aytdilarkim: «Safvon din yo‘lida to‘g‘ri yo‘l 
topmagan bo‘lsa ham, Quraysh qavmini bu urushdan to‘sgani uchun dunyo ishida ularni 
to‘g‘ri yo‘lga solmishdur. Bu haqda alar uchun bek ulug‘ foydalik ish qilmishdur. 
«Vallaziy nafsiy biyadihi laqad savvamtu la humul hijorata valav rojau la kanuv kaamsiz 
zahibi». Ya’ni: «Mening jonim uning qudrat qo‘lida bo‘lgan Alloh oti bilan qasam 
qilurmankim, alar uchun osmondin azob toshlarini otmoqqa belgilagan edim, agar qaytib 
kelgan bo‘lsalar ketgan kunlar, o‘tgan zamonlardek nomu nishonsiz bo‘lib, barchalari 
qolmay halok bo‘lar edilar», deb Quraysh qo‘shinlari qaytgan taqdirda, g‘azab ilohiyga 
qolib, osmon azobi bilan halok bo‘lishlaridan xabar berdilar. 
Quraysh qo‘shinlarining qochib ketganini onglagach Rasululloh shu joyda uch kun 
turdilar. Payg‘ambarimiz amrlari bilan har tunda besh yuz yerda o‘t yoqilur edi. Bundin 
maqsadlari esa yiroqdin ko‘rgan dushmanlarga askar ko‘pligini ko‘rsatib, alarni 
qo‘rqitmoq va shul atrofdagi hali iymonga kelmagan arab qabilalariga haybat ko‘rsatmoq 
edi. Chunki Qur’on qonunida musulmonlar o‘zaro muomala ishlarida bir-birlariga makru 
xiyla qilmoq harom bo‘lsa ham, ammo urush kunlarida o‘rni kelar ekan. Makr-xiyla 
ishlatmoq Payg‘ambarimizning sunnatlaridur. Rasulullohning tarjimai hollarini o‘qiguvchi 
kishilar ko‘p joyda bundoq ishlarga uchraydilar. 
Uch kun o‘tgandin so‘ngra, dushmanlardin hech bir xabar bo‘lmagach, Madinaga 
qaytdilar. Bu qaytishlarida qora bosgandek bo‘lib, Quraysh shoiri Abu Izza degan kishi 
yo‘liqib qolib, qo‘lga tushdi. Bu ersa Rasulullohga va musulmonlarga har yerda tili ila 
ko‘p ozor yetkazgan kishi edi. Islom dinini va musulmonlarni yomonlab, she’r aytib, 
xalqni ularga qarshi qo‘zg‘amoq uning vazifasi edi. Abu Izza Badr g‘azotida ham qo‘lga 
tushib, u yerda olingan asirlar o‘zlari uchun har bir kishi boshiga to‘rt ming tangadan 
ming tangagacha to‘lan berib, qutulgan edilar. Rasululloh buni ul joyda tekinga ozod 
qilgan edilar. Shu shart bilankim, ikkinchi musulmonlarni yomonlashdin tilini saqlagay, 
bundin buyon she’r o‘qib, Islom diniga qarshi tashviqot qilmagay, yana musulmonlar 
bilan urushmoqqa chiqqan askar qo‘shiniga qo‘shilmagay. Mana shu shartlarni qabul 
qilib, bu va’dani ikkinchi buzmasga ahd berib, to‘lan to‘lamasdan tekinga asirlikdan 
qutulgan edi. Makkaga borgandin so‘ngra: «Barcha kishilar Muhammaddin pul to‘lab 
qutulgan bo‘lsalar, men quruq suv bilan uni aldab qutuldim», deb burungidan ham 
qattiqroq yomonlikka kirishgan edi. Va’dasiga vafo qilmay, Uhud urushiga chiqqan kuffor 


Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy 

Download 1,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   397




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish