Microsoft Word tarixi muhammadiy ziyouz com doc



Download 1,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet139/397
Sana17.07.2022
Hajmi1,5 Mb.
#817743
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   397
Bog'liq
Tarixi Muhammadiy

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
134
ichiga kirib, masjidga kelgunlaricha ko‘cha yuzidan, uy-uydin chiqayotgan yig‘i tovushlari 
eshitilmoqda edi. To‘g‘ri kelib, Rasululloh ma’yuslik bilan masjid oldida to‘xtadilar. Sa’d 
ibn Mu’oz, As’ad ibn Huzayr, bu ikkovlari Rasulullohni suyab otdin tushirdilar. Jarohat 
og‘irligidan o‘zlari yurishga bo‘lmay, bularga suyanib uylariga kirdilar. So‘ngra oqshom 
namoziga hazrati Bilol azon aytdi. Yana shu ikki kishiga suyanib jamoatga chiqdilar. 
Namoz o‘qib bo‘lgandin so‘ngra masjiddan qaytdilar ersa, uylaridan yig‘ining ovozi 
eshitildi. «Bu yig‘i nimadur?» deb so‘radilar. Anda sahobalar: «Ansor xotunlari Hamza 
uchun yig‘laydilar, yo Rasulalloh», deyishdi. Buni onglab Rasululloh alar haqida 
«Raziyallohu ankunna va an avladikunna», ya’ni «Alloh sizlardin va avlodinglardin rozi 
bo‘lsin», deb duo qilgandin so‘ngra: «endi qaytinglar», dedilar. 
Mana shu kundin boshlab, ansor xotunlariga odat shul erdikim, o‘limga yig‘lamoqchi 
bo‘lsalar, dastlabda Hamzaga, so‘ngra o‘lganga yig‘lar edilar. Shu kecha Avs— Xazraj 
ansor sahobalarining kattalari Rasulullohning uy atroflarini o‘rashib, tong otguncha 
kuzatib chiqdilar. Qolganlari ehtiyotdin Madina shahrini aylanib, qo‘riqlashib turdilar. 
Chunki Quraysh mushriklari yo‘ldan yonib, qaytadin Madinaga hujum qilish ehtimoli bor 
edi. Rasululloh bu ulug‘ musibatdin keyin ansor xotunlarini o‘lganlarni qo‘shib 
yig‘lamoqdin qaytardilar. Anda ansor sahobalari: 
— YO Rasulalloh, o‘lganlarimizni qo‘shib yig‘lashdin xotunlarimizni man qilibdursiz. Agar 
alarning tirikliklaridagi yaxshiliklarini aytib yig‘lar bo‘lsak, bir oz bo‘lsa ham ko‘nglimizda 
rohat topgan bo‘lur edik. Bu ishga izn bering, — deyishdilar. Anda Rasululloh: 
— In faalna fala yaxmishanna vala-yaltimanna va la yaxluqonna sha’ran vala 
yashuqqonna jayban». Ya’ni, «Agar xotunlar yig‘lar bo‘lsalar, shart shuldurkim, yuzlarini 
yirtmasunlar, betlarini kacholamasinlar, sochlarini qirqmasinlar, yoqalarin yirtmasinlar, 
og‘izlaridan nosoz so‘z aytmasinlar», dedilar. Endi xotunlar shu aytilmish ishlardan 
o‘zlarini saqlay olsalar, musibat kunlarida yig‘lamoqning ziyoni yo‘qdur. Mashhur so‘z 
shuldurkim, Uhud urushida shahodat topgan kishilar yetmish necha kishi edilar. O‘n 
to‘rttalari muhojirlardan, qolganlari ansorlardin edilar. Ammo kofirlardin bo‘lsa, Uhud 
urushida ikki yuz o‘ttiz kishi o‘ldirildi. YOlg‘iz Hamzaning o‘zi o‘ttiz kishini o‘ldirdi, degan 
rivoyat bordur. 
Rasululloh shahar ichiga kirgandin keyin, munofiqlar, yahudlar musulmonlarga bo‘lgan 
bu musibatdin qandoq suyunganlarini ko‘ngillarda saqlab turisha olmay, turlik ta’na 
so‘zlarini tarqatgani turdilar. Shundoq der edilarkim: — «Endi Muhammad qandoq 
payg‘ambarman deb ayta olgay, o‘tgan payg‘ambarlarning hech biriga bundoq musibat 
yetmagandur. Agar Muhammad chin payg‘ambar bo‘lsa edi, o‘z tanasiga va 
yo‘ldoshlariga mundoq og‘ir musibat tushmas edi. Bunga o‘xshash podshohlik talabida 
yurgan kishi qandoq payg‘ambar bo‘la olur?» qabilidagi so‘zlar bilan xalq ichiga ko‘p 
fitna soldilar. Munofiqlar raisi ibn Ubay o‘g‘li Abdullohga: «Mening so‘zimga kirmay 
urushga chiqding, mana topgan foydang shuldur, o‘lar holga yetib, yarador bo‘lib 
qaytmishsan», deb ko‘p ta’nalar qildi. Bunga qarshi o‘g‘li Abdulloh: «Alloh taolo o‘z 
payg‘ambariga va ham mo‘minlarga nima ish qilgan bo‘lsa, shunda bir yaxshilik bordur», 
dedi. Munofiqlarning qilgan so‘zlarini onglab, Hazrati Umar Payg‘ambarimiz oldilariga 
kelib: 
— YO Rasulalloh, bu munofiqlarning so‘zlariga nechuk chidab tururmiz? Agar izn 
bersangiz, alarni qoldirmay qilichdan kechiraylik, — dedi. Anda Rasululloh: 
— YO Umar, ularni qandoq o‘ldirgani bo‘lur, tillarida bo‘lsa ham: «La ilaha illallohu, 
Muhammadur Rasululloh» deydurlar, bu so‘zni aytguvchilar ko‘nglidan emas, qilichdan 
qo‘rqib degan bo‘lsalar ham, Islom hukmiga bo‘yinsunsalar, o‘limdan qutulgaylar. 
Alarning qonlariga, jonlariga, mollariga to‘qinishmoqlik bizga harom bo‘lgay, — dedilar. 
Bu so‘zni anglagandin keyin, sabr qilmoqdin o‘zga chora qolmadi. Shuning bilan 


Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy 

Download 1,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   397




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish