TUFAYL IBN ABU AMRNING ISLOMGA KIRISHI
Shu orada Davs qabilasi raislaridin Tufayl ibn Abu Amr degan kishi Payg‘ambarimiz bilan
ko‘rishish niyatida Makkaga keldi. Bu odam ersa qabila raisi bo‘lishi bilan birga, arablar
ichida atalgan shoirlardin sanalgan, izzat-obro‘ egasi edi. Shuning uchun buning kelishi
ila barobar Quraysh raislaridin bir nechalari kelishib, u bilan ko‘rishganidin so‘ngra:
— Ey Tufayl, sen bizning yurtimizga kelding, eshitgandursan, o‘z ichimizdin shunday bir
odam paydo bo‘ldi, buning to‘g‘risidin ishlarimiz ko‘p qiyinlashdi. Birligimiz buzilib,
oramizga dushmanlik tushdi. Ani ko‘rar bo‘lsang, kelishgan, chiroyli yuzi bor, sehrdin
ortiq ta’sirlik so‘zi bor. Bolani otadin, inini og‘adin, xotunni eridin so‘zi bilan ajratadi.
Endi buning sehridin senga ham yuqib qolib, bizga tushgan bo‘lgunlik (vayronlik)
hodisalar sizlarga ham tushib qolmasin, deb qo‘rqib keldik, buning iloji shuki, aning
Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
41
yuzini ko‘rmay, aytgan so‘zini eshitmay, bir og‘iz so‘z qilishmay, eson-omon o‘z
yurtingga qaytib ketar bo‘lsang, shundagina omon qolursan, bo‘lmasa o‘zingga bir og‘ir
ish orttirib ketishingda shak yo‘qdur — dedilar.
Mushriklar shu misollik so‘zlar aytib, ani qattiq qo‘rqitdilar. U ham bo‘lsa bu so‘zlar
ta’siridin Payg‘ambarimiz bilan ko‘rishmasga, bir og‘iz bo‘lsin, so‘zlarini eshitmasga
ko‘nglida jazm qilib, o‘z yurtiga qaytmoqchi bo‘ldi. Ko‘rmasga ko‘z bog‘lab yurishning
iloji yo‘q, ammo so‘zlarini eshitmasligi uchun qulog‘iga paxta tiqib oldi. Shu hol ila
ertalab turib, Baytullohga chiqdi. Shu chog‘da janob Payg‘ambarimiz namozda turib,
qiroat qilar edilar. Bu odam payqamasdin yaqinroq borib qolib, qulog‘iga ajib bir yaxshi
so‘zlar eshitildi. So‘ngra bu kishi o‘z-o‘ziga:
— Ey voy, manga nima bo‘ldi, yaxshi yomonni ajratgan, so‘z maqomini bilgan bir kishi
bo‘lsam, uzoq yerdin ataylab kelib, u kishining dushmanlari so‘zi bilan, o‘ziga
ko‘rinmasdin, andin bir og‘iz so‘z eshitmasdin qaytib ketsam, el-yurtimga nima deb
borurman? Bu ish men uchun eng cho‘ng ayblardin bo‘lmasmu? Yaxshisi shulki, o‘zi
bilan ko‘rishay, aytgan so‘zlarini payqab qaray, agar axshilik bo‘lsa, izlaganim shuldir,
ani qabul qilishim kerak, agar bundog‘ bo‘lmay Quraysh xalqi degandek bo‘lsa, ani o‘ziga
otib tashlab, qaytaverishim kerak, meni bu ishga kim zo‘rlay oladi? — degan fikrga kelib,
bir chetda o‘ltirdi. Bir fursat o‘tgandin keyin, Payg‘ambarimiz ham namozlaridin bo‘shab,
uy sari qarab yurdilar. U kishi ham orqalaridin xiyol o‘tmay, masjiddan chiqib, ustilariga
kirdi. Va:
— Ey Muhammad, qavmlaring sening haqqingda har turlik so‘zlar qilib, meni qo‘rqitdilar.
Alloh otiga qasam qilurmanki, so‘zingni eshitmaslik uchun qulog‘imga paxta tiqib,
masjidga kirsam, namozda qiroat qilib turganingni ko‘rdim. Men bu so‘zni eshitmay
desam, uni Xudo xohlamagan ekan, eshitib qoldim. Qarasam, qulog‘imga yaxshi uqildi.
Endi, ey Muhammad, bu ishni menga haqiqati bilan bayon qil, — dedi. Anda
Payg‘ambarimiz Islom asosini bayon qildilar. Tavfiq topib, shahodat aytib, iymonga
musharraf bo‘ldi. So‘ngra u:
— Yo Rasulalloh, men o‘z qavmim ichida qadrim ulug‘, so‘zim mo’tabar kishidurman,
endi men borib, alarni dinga da’vat qilurman. Nima karomat kelturding, deb mendin
so‘raydilar. Duo qiling, Alloh taolo bu ishda menga yordam qilgudek bir karomat ato
qilsun, — dedi.
Payg‘ambarimiz ham: «Ey bor Xudoyo, anga bir nishona ko‘rsatgin», deb duo qildilar.
Shu bilan xo‘shlashib, o‘z yerlariga qadam qo‘yar chog‘ida, Xudo qudrati bilan, yongan
chiroqlardek, peshonasiga bir nur paydo bo‘ldi. Buni ko‘rib: «Ey bor Xudoyo, yuzimdin
boshqa joyda bo‘lsin, o‘z dinidin chiqib, yuzi buzilibdur, degan so‘z bilan yomonlar
tarafidin ta’naga qolmayin», deyishi bilan darhol ul nur yuzidin yo‘qoldi. Qamchisining
uchida osilgan qandildek bo‘lib to‘xtadi. Yiroqdin ko‘rishgan odamlar hayron bo‘lishib,
qarab turdilar. Shundog‘ alomat bilan o‘z uylarig‘a kelib tushdi. Dastlab ulug‘ yoshlik qari
otasi u bilan ko‘rishgani keldi. Anda o‘g‘li: «Ey ota, mendin yiroq yuringlar, men
Muhammad diniga kirdim», dedi. Anda butun oilasi ittifoq ila: «Sen qaysi dinda ersang,
bizlar ham shu dinda bo‘lurmiz», deyishib, barchalari dinga musharraf bo‘ldilar. Shu
bilan oilasida musulmon bo‘lmagan hech kishi qolmadi. Ammo Davs qabilasini Islomga
da’vat qildi ersa, ko‘pchilik arablar qanday qilur ekanlar, ularga qarab turaylik, deb
kechiktirdilar. U esa yana qaytib, Payg‘ambarimiz huzurlariga keldi. Va:
— Yo Rasulalloh, qavmni qanchalik dinga da’vat qilsam ham, ular qabul qilishmay, meni
xijolatga qo‘ydilar. Duo qiling, Alloh alarni halok qilgay, — dedi. Payg‘ambarimiz:
— Yo Rab, Davs xalqini hidoyat qilgaysan, — deb duoyi xayr qildilar. — Ey Tufayl,
qavmingga borib, yumshoqlik ila da’vat etgil, — deb ani qaytardilar.
Payg‘ambarimiz Madinaga hijrat qilganchalik, bu kishi o‘z qavmlarini dinga da’vat qilib
Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy
Do'stlaringiz bilan baham: |