www.ziyouz.com
kutubxonasi
314
bo‘ldilar. Horunni mol-mulki bilan qo‘shib yer yutdi. Muso alayhissalom bilan Fir’avnni,
Ibrohim alayhissalom bilan Namrud qissalarini, bulardan boshqa tarixiy voqe’alarni shu
oyatlarda bayon qildi. Yana mingta oyat bilan ibrat olurlik har turli misollar, aql
o‘rgatgudek hikmatli so‘zlar keltirdi.
Besh yuz oyat halol, harom narsalarni ajratmoq uchun keldi. Islom shariatidagi borliq
halol harom narsalar shu oyatlar bilan ajradi.
Yuz oyat erta-kechda bandaning qanday duo qilishi kerak, Allohga qanday zikr, tasbeh
aytishi lozim shularni bildiradi.
Qolmish oltmish olti oyat ersa, ularni mansux demishlardur. Buning ma’nosi ersa, bu
oltmish olti oyatlarning hukmi vaqtlik yurgizilmish edi. Vaqti yetgan o‘rinlariga boshqa
oyatlar tushib, ilgarigi oyat hukmi to‘xtaldi, demakdur. Mana shunday bo‘lganni mansux
oyati deb aytilur. Bundog‘ oyatlardan ba’zilarini Alloh taolo butunlay unutdirmish edi.
Payg‘ambarimiz boshliq barcha sahobalar unday oyatlarni hech vaqt esga olmaydilar.
Ba’zilari esa hukmlari ko‘tarilib, Qur’onda tilovatlari qolmishdur. Masalan, Kofirun surasi
shundog‘dir. Qolganlari ersa Qur’onda oyatlari o‘qilib tilovat qilinur.
Alloh taolo mansux oyatlarini bayon qilib Baqara surasida bu oyatni kelturdi: «Ma
nansax min oyatin av nunsiho na’ti bixayrin minho av misliho alam ta’lam annalloha ala
kulli shay’in qodir». Ma’nosi: «Qur’on oyatlaridan hech birining hukmini ko‘tarmadik yoki
unuttirmadik. Agar shunday qilgan bo‘lsak andin yaxshiroq, foydaliroqni yo uning
o‘xshashini keltirdik», demakdir.
Qur’onning boshi Fotiha surasi, oyog‘i An-Nos surasi bo‘lib, uning tuzilish tartibi Lavhul
mahfuzning tartibiga to‘g‘ridur. Lavhul mahfuzdagi Qur’on qudrat qalami bilan shu
tartibda yozilmish edi. Jabroil alayhissalom Qur’on oyatlarini Lavhul mahfuzga to‘g‘rilab
Payg‘ambarimizga o‘qib berdilar. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam sahobalarga
buyurib shu kundagi Qur’on tartibicha qilib yozdirdilar. Qur’onning bu tartib yozilishi
uning birinchi yozilishidur.
Suyaklarga, taxta parchalariga, xat yozgudek har xil toza narsalarga yozib qo‘yilmish
edi. Qur’onni butun yod olgan sanoqlik kishilar ham bor edi. Rasulullohning tirik
vaqtlaridayoq Qur’on yozilmish ham sahobalar ko‘ngillarida yodlamish edilar.
Ammo Qur’onning kitob suratiga keltirib, qog‘oz ustiga yozilishi ersa Hazrati Abu Bakr
Siddiq xalifalik davrida butun sahobalarning ittifoqlari bilan amalga oshirilmishdir.
Hazrati Usmon davriga kelguncha butun musulmonlar o‘qigan Qur’onlar ersa shu
nusxadan olinmish edi. So‘ngra Qur’on qiroatida ixtilof chiqqach, shu nusxadan to‘rt
nusxa yozdirib, Islom olamiga tarqatdi. Boshqalarini kuydirishga buyurdi. Bizning shu
kunlarda o‘qib yurgan Qur’onimiz o‘shal Hazrati Usmon raziyallohu anhu yozdirgan
Qur’on nusxalaridandur.
Qur’on «Bo» harfi bilan boshlanib «Sin» harfi bilan tugadi. Bu ikkovi qo‘shilsa, «Bas»
bo‘lur. Ya’ni, ikki jahonni topmoqqa Qur’on yetur, demakdur.
Bayt:
Nechun «bo» birla «sin» kelmishdi Qur’on bosh oyog‘ida,
Demak ikki jahonning rahbari chun «bas» demakdur.
Ammo Qur’onning dunyoga kelish tartibi esa, yozilish tartibidan butunlay boshqadur.
Chunki Qur’onning birinchi vahiyda kelgani Alaq surasi edi, so‘ngra Muddassir, undan
keyin Muzzammildur, eng oxirgi sura ersa, Tavba surasi edi.
Qur’onning ulug‘ mo‘jiza ekanligini yuqorida aytib o‘tdik. Lekin buning mo’jizaligini
bilmak uchun aql yurgizmak, fikr ishlatmak kerakdur. Aql ko‘zi ochiq olimlar oldida
Qur’onning mo’jizaligida hech shak yo‘qdur.
Shuning uchun Alloh taolo Payg‘ambarimizga ikki turlik mo‘jiza bermishdur. Birisi aqliy
mo‘jiza, ikkinchisi hissiy mo’jizadur. Aqliy mo‘jiza Qur’ondur, hissiy mo‘jiza deb xalqqa
Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy
Do'stlaringiz bilan baham: |