Microsoft Word tarixi muhammadiy ziyouz com doc



Download 1,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet327/397
Sana17.07.2022
Hajmi1,5 Mb.
#817743
1   ...   323   324   325   326   327   328   329   330   ...   397
Bog'liq
Tarixi Muhammadiy

O‘N TO‘RTINCHI MO’JIZA
Imom Buxoriy boshliq bir necha hadis olimlari Hannona degan ustuna yig‘lagani 
xususida kelgan hadisni mutavotir debdurlar. Ya’ni, bu mo‘jiza juma namoziga minglab 
yig‘ilg‘on ko‘pchilik xalq o‘rtasida bo‘lgan ishdur. Bu to‘g‘rida hech qanday gumon 
yo‘qdur, bunga shak kelturmak kufr bo‘lur, chunki yuzlab, minglab sahobalar bu hadisni 
rivoyat qildilar. 
Endi bu mo‘jiza shundog‘ erdikim, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Makkadan 
Madinaga hijrat qilib kelganlarida, dastlab bir masjid bino qildilar. Uning uzunligi yuz 
gaz, eni qirq gaz kelur edi. Bunga xurmo yog‘ochidan bir necha ustun qo‘yilg‘on edi. 
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam har vaqt juma namozi o‘qisalar, shu ustunlarning 
biriga suyanib turib, shu yerda xutba o‘qib, xalqqa va’z aytur edilar. U kunlarda minbar 
qo‘yish rasm bo‘lmagan edi. Sahobalardan Tamimud-doriy raziyallohu anhu: 
— YO Rasulalloh, siz uchun bir minbar yasatsak, ustida va’z aytgudek bo‘lsangiz, qanday 


Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
322
bo‘lur? — deb so‘radi. 
— Yaxshi bo‘lur, — deb ruxsat berdilar. 
So‘ngra bir minbar yasashdi. Uni keltirib, imomning o‘ng tomoniga qo‘ydilar. Islom 
olamida eng avval yasalgan va masjidga qo‘yilgan minbar shul edi. 
Juma kuni kelgach, jamoat namozga yig‘ildi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam 
odatlaricha xutba o‘qimoqqa turib, ustun oldidan to‘xtamay o‘tib ketdilar. Mana shu 
chog‘dayoq ul ustun ingray boshladi. Bo‘talog‘idan ajragan tuya singari bo‘zlagani turdi. 
Rasululloh minbar ustiga chiqib edilar, bola baqirgandek bo‘lib yana qattiqroq yig‘ladi. 
Silkinib ketib, yorilishga yaqinlashdi. Buni ko‘rib, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam 
darhol minbardan tushib ul ustunni quchog‘lab turdilar. Uzoqroq yig‘lab qolgan yosh 
bolani onasi olib ovutganda o‘ksib-o‘ksib yig‘lagandek, Rasululloh quchog‘larida turib, bu 
ustun ham shuning singari o‘ksib yig‘ladi. 
Anda Rasululloh: 
— Buning oldida har juma Alloh zikri aytilib, andin bahra olur edi. Shundan ajrab 
qolganiga yig‘laydi, — dedilar. 
Buni ko‘rib sahobalar barisi yig‘lashgali turdi. Masjid ichi larzaga kelib yig‘i-sig‘iga turdi. 
Anda Rasululloh: 
— Qasam Allohgakim, buning yig‘isini o‘zim kelib to‘xtatmasam, qiyomatgacha shu 
ahvolda bo‘zlab yig‘lar edi, — dedilar. 
Shundan keyin bu ustun oti «Hannona», ya’ni «Yig‘laguvchi» bo‘ldi. 
U yig‘idan to‘xtagach, unga Rasululloh aytdilar: 
— Ey Hannona! Xohlasang qaysi chorbog‘dan seni kesib kelgan bo‘lsalar, o‘shal 
bo‘stonga eltib o‘ltirgizay, yangidan ildiz olib ko‘karursan. Agar buni xohlamasang, seni 
jannatga ko‘chat qilib o‘ltirgizurman. Jannat ahllari, Xudoning do‘stlari mevangdan 
yegaylar, bu ikki ishdin birini ixtiyor qil, — deb uning javobiga quloq solib turdilar. 
Anda ul: 
— Yo Rasulalloh, meni jannatga ko‘chat qilib o‘ltirgizing, shuni xohlayman. Mening 
mevamni Allohning do‘stlari yegaylar, foniy dunyo bo‘stonida bo‘lishni istamayman, 
eskimaydigan jannatda turishni tilayman,— dedi. 
Bunga yaqinroq safda turgan sahobalar uning tovushini eshitdilar. Tilagini Rasululloh 
sollallohu alayhi vasallam ham qabul qilib, jannatga eltib o‘tkizishga va’da qildilar. 
Hazrat Hasan Basriy har qachon shu mo’jizadan gapirgudek bo‘lsa, yig‘lab; 
— Ey mo’minlar, bu yog‘och ustun Rasulullohdan yiroqlashganiga shuncha yig‘lagan 
bo‘lsa, biz ummatlar ul zotning diydorlariga mushtoq bo‘lib qancha zor yig‘lar ersak, 
yana oz ekandur. 
«Mavohib» degan kitobda aytibdurkim, Alloh taolo bu yog‘ochga jon berib tirgizdi, 
Rasululloh firoqida tirik kishidek tovush chiqarib yig‘ladi. 
Safardan kelgan kishi yoru do‘st, ahli ayollari quchoqlagandek, uni Rasululloh 
quchoqladilar, u bilan tiriklarga qilgandek muomala qildilar, o‘tgan payg‘ambarlarning 
hech biriga bundoq ulug‘ mo‘jiza berilmagan edi. 
Hazrat Iso alayhissalom Alloh izni bilan o‘likni tiriltirib mo‘jiza ko‘rsatgan bo‘lsalar, 
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam quruq ustunga jon kirgizib, u bilan so‘zlashdilar. 

Download 1,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   323   324   325   326   327   328   329   330   ...   397




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish