"Sabr qiluvchilarning savoblari hisob-kitobsiz to‘la-to‘kis qilib beriladi" (Zumar,
10), degan so‘zining dalilidir.
Xabarlarda zikr qilinadi. Bir mo‘min bilan bir kofir kishi qadim bir zamonda baliq ovlagani
borishibdi. Kofir kishi butlarining nomini aytib to‘r tashlabdi va to‘riga juda ko‘p baliq
ilinibdi. Mo‘min kishi Allohning nomini aytib to‘r tashlabdi, ammo hech qanday baliq
ilinmabdi. Kun botishga yaqin bittagina baliq tushibdi. Shunda ham uni ololmay, suvga
tushirib yuboribdi. Mo‘min kishi uyiga qup-quruq, kofir esa juda ko‘p baliq bilan qaytibdi.
Mo‘minning yelkasidagi farishta uning holiga ko‘p afsuslanibdi. Osmonga chiqqach, Alloh
taolo u farishtaga mo‘minning jannatdagi joyini ko‘rsatibdi va farishta: "Allohga
qasamki, mo‘min kishi bu yerga kelgandan so‘ng dunyodagi qiyinchiliklari esidan chiqib
ketadi", debdi. Keyin Alloh taolo unga kofirning do‘zaxdagi joyini ko‘rsatibdi va farishta:
Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy