“Kim biron-bir yomon ish qilsa yoki o‘z joniga jabr qilsa, so‘ngra Allohdan
mag‘firat so‘rasa, Allohning mag‘firat qiluvchi va mehribon ekanini topar –
ko‘rar” (Niso, 110).
Har bir mo‘min-musulmon kishi Alloh taologa kechayu kunduz tavba qilmog‘i lozim
bo‘ladi.
Mujohid aytdi: “Kim kechasi bo‘lganda va kunduzi bo‘lganda tavba qilmasa, u
zolimlardan bo‘libdi. Banda uchun Alloh taologa hamma vaqt tavba va besh vaqt
namozlarida ijtihod qilmog‘i lozim bo‘ladi. Chunki Alloh taolo besh vaqt namozni
bandalarining gunohlarini poklaguvchi qildi, katta gunohlardan boshqalarini”.
131. Alqama rivoyat qildi: Abdulloh ibn Mas’ud aytdi: “Bir kishi Payg‘ambarga (s.a.v.)
kelib: “Yo Rasulalloh, bog‘da bir xotinga duch keldim, uni quchoqlab, o‘pdim, boshqa
ishlarni ham qildim. Faqat jimo’ qilmadim”, dedi. Payg‘ambar (s.a.v.) bir soat jim
qoldilar, so‘ngra bu oyat tushdi:
Do'stlaringiz bilan baham: |