“Shoyadki Parvardigoringiz sizlarning yomonlik – gunohllaringizni o‘chirib”,
ya’ni, sizlardan gunohlarni Alloh taolo o‘chiradi va “Ostidan daryolar oqib
turadigan jannatga kiritur” (Tahrim, 8). Ya’ni oxiratda sizlarga tagidan suvlar oqib
turuvchi va mevali daraxtzorlardan iborat bog‘lar beradi.
124. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) aytdilar: “Albatta men Allohdan gunohimni kechirishini
so‘rayman va Allohga bir kunda yuz marta tavba qilaman!
125. Boshqa xabarda: “Ey odamlar, Allohga tavba qilinglar! Men bir kecha-kunduzda yuz
marta tavba qilaman”, dedilar.
Payg‘ambarning (s.a.v.) oldingi va keyingi gunohlari kechirilgan holda tavba qilsalar-u,
gunohi kechirilgani yoki kechirilmagani ma’lum bo‘lmagan kishilar-chi? Ular nechun Alloh
taologa har zamon tavba qilmasin! Va tilini qanday qilib doimiy istig‘for bilan mashg‘ul
qilmasin”.
Ibn Abbos, Alloh undan rozi bo‘lsin, deydiki: «Alloh kalomida aytdi: “Balki inson
Do'stlaringiz bilan baham: |