www.ziyouz.com kutubxonasi
376
undan jannatga chiqadi”. Keyin Hasan aytdilar: “Shoyadki, men o‘sha kishi bo‘lsam edi”.
Hasan Basriy albatta, buni aytganlar, chunki u kishi oqibatidan qo‘rqardilar. Shuningdek,
solih kishilar ham ishlarining oxiridan mana shunday qo‘rqishardi”.
_________________
Mav’izalar bobi hadislari
956-hadis. Zaif. Ahmad, Termiziy rivoyat qilgan.
957-hadis. Sahihi. Buxoriy rivoyat qilgan.
958-hadis. Muttafaqun alayh.
HIKOYATLAR BOBI
959. Faqih (r.a.) Qatodadan, Anas ibn Molikdan (r.a.) rivoyat qiladilar: “Bir kishi
Payg‘ambar (s.a.v.) oldlariga kelib: “Ey Rasululloh, mening qoraligim, yuzimning
xunukligi jannatga kirishimdan qaytaradimi?” dedilar. Aytdilar: “Yo‘q, jonim qo‘lida
bo‘lgan Zotga qasamki, Allohga ishonsang va Rasuli keltirgan narsalarga iymon
keltirsang”. U odam: “Sizni Payg‘ambar qilib ikrom etgan Zotga qasamki, ashhadu alla-a
ilaha illallohu va ashhadu anna Muhammadan abduhu va rosuluhu, deb bu majlisda
o‘tirishimdan sakkiz oy oldin shohidlik berganman. Men sizning huzuringizdagi va
boshqa kishilarga xitob qildim. Lekin ular yuzim xunuk va qoraligi sababli rad qildilar.
Albatta, men o‘z qavmim – Bani Salim orasida nasabli bir kishiman, lekin menga
tog‘alarimning qoraligi g‘olib kelgan”. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Bugun Amr ibn
Vahb ko‘rindimi?” U kishi saqif qabilasidan bo‘lib, Islomga yangi kirgan edi. “Yo‘q”,
deyishdi. Payg‘ambar (s.a.v.) unga: “Uning uyini bilasanmi?” dedilar. Aytdi: “Ha,
bilaman”. Aytdilar: “Borib eshigini yumshoqlik bilan taqillat, so‘ng salom ber, so‘ng:
“Payg‘ambar (s.a.v.) meni qizingizga uylantirdi”, deb ayt”, dedilar. Amrning turib qolgan
qizi bor edi. U chiroyli bo‘lishi bilan birga aqlli ham edi. U odam Amrning uyiga kelib,
eshikni taqillatdi va salom berdi. Ichkaridagilar salomni eshitib, eshikni ochishdi. Ammo
uning yuzi xunukligini ko‘rib seskanishdi. U odam aytdi: “Payg‘ambar (s.a.v.) meni
sizlarning qizingizga unashtirdilar”. Ular uni haydab yuborishdi. U kishi indamay chiqib,
Payg‘ambar (s.a.v.) oldlariga jo‘nadi. Shunda qiz otasiga aytdi: “Ey otajon, vahiy kelib,
sharmanda qilmasidan avval o‘zingizni qutqaring. Agar Payg‘ambar (s.a.v.) meni unga
unashtirgan bo‘lsalar, men Alloh va Rasuli rozi bo‘lgan narsaga rozi bo‘ldim”. Qizning
otasi uydan chiqib, Rasululloh (s.a.v.) oldlariga keldi va u zotga yaqinroq o‘tirdi.
Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Sen Allohning rasulini rad qilding. Nima uchun?” “Ha, shu
ishni qildim, Allohdan mag‘firat so‘rayman, men uni yolg‘onchi, deb o‘ylabman, uni
unashtirdik. Alloh va Rasulining g‘azabidan Alloh nomi bilan panoh tilayman”, dedi.
So‘ng o‘sha kishini qizga yuz dirhamga unashtirishdi. Payg‘ambar (s.a.v.) kuyovga – u
Sa’d Salmiy edi – aytdilar: “Yoring oldiga bor va u bilan bo‘l”. Sa’d: “Sizni haq
payg‘ambar qilib yuborgan Zotga qasamki, birodarlarimdan so‘rab topmasam, menda
mahrga hech narsa yo‘q”, dedi. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Xotiningning mahri
mo‘minlardan uch kishining bo‘ynida. Usmon ibn Affon (r.a.) oldiga bor va undan ikki
yuz dirham ol. So‘ng Abdurahmon ibn Avf (r.a.) oldiga borib, undan ham ikki yuz dirham
ol. So‘ng Ali (r.a.) oldiga bor. Undan yuz dirham ol”. Usmon, Abdurahmon va Ali unga
oshig‘i bilan berishdi. So‘ng Sa’d u pullarga bozordan yoriga narsa sotib olish uchun
xursand bo‘lib ketayotganida, jarchining: “Ey Allohning chavandozlari, otlaninglar”, deb
safarbarlikka chorlab yurganini eshitdi. Kuyov osmonga qaradi-da: “Ey Allohim, osmonu
yer mulkining va Muhammadning (s.a.v.) ilohi, bu dirhamlarni Alloh va rasuli hamda
mo‘minlar yaxshi ko‘rgan ishlarga sarflayman”, dedi. So‘ngra ot, qilich, kamon, yoy va
Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy
Do'stlaringiz bilan baham: |