Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu
Lays as-Samarqandiy
www.ziyouz.com kutubxonasi
374
kunida javob beradi)” (Isro, 36-oyat).
8. Allohning makridan xotirjam bo‘lmaslik. Alloh taolo aytadi:
“Bas, Allohning “makridan” faqat ziyon ko‘rguvchi qavmgina xotirjam bo‘lur”
(A’rof, 99-oyat).
9. Allohning rahmatidan umid uzmaslik. Alloh aytadiki:
“Allohning rahmat-marhamatidan noumid bo‘lmangiz! Albatta, Alloh (o‘zi
xohlagan bandalarining) barcha gunohlarini mag‘firat qilur. Albatta, Uning
o‘zigina mag‘firatli, mehribondir” (Zumar, 53-oyat).
10. Alloh bergan dunyoviy narsalarga xursand bo‘lmaslik va qo‘lidan
ketgan narsaga
xafa bo‘lmaslik. Alloh taolo bu haqda deydi:
Do'stlaringiz bilan baham: