Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy
www.ziyouz.com kutubxonasi
369
adashtirishni, o‘zi bilan birga do‘zaxga tushirishni xohlashini bildirdi. Aqlli kishi u bilan
kurashda o‘zini undan xalos qilish uchun jiddu jahd qilmog‘i vojib. Chunki shayton
mo‘minlar uchun ochiq dushmandir. Mo‘min kishining shaytondan boshqa dushmanlari
ham bordir.
953. Anas ibn Molikdan rivoyat qilinadi. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Mo‘min
beshta
kulfat orasida: bir mo‘min unga hasad qiladi, munofiq uni yomon ko‘radi, dushman u
bilan urishadi, shayton uni adashtiradi, nafsi uni sargardon qiladi”.
Bas, musulmon kishi Allohdan dushmanlariga qarshi yordam va quvvat hamda o‘zi
yaxshi ko‘radigan, rozi bo‘ladigan amallarga muvaffaq qilishini so‘ramog‘i lozim.
Bu ishlarning hammasi Alloh taolo muyassar qilgan kishiga yengildir.
Abu Solih Abdurahmon ibn Zayyoddan rivoyat qiladilar: “Muso alayhissalom bir majlisda
o‘tirgan edilar. Shu payt iblis keldi. Uning boshida turli ranglarda bo‘lgan kiyim bor edi.
Musoga yaqinlashganida, uni yechib qo‘ydi va yuzlanib, salom berdi. Muso: “Sen
kimsan?” deb so‘radilar. “Men iblisman”, dedi u. Muso aytdilar: “Bu yerga kelishing
sababi nima?” “Sizga salom berish uchun keldim,
chunki Alloh taolo huzurida
martabangiz bor”. Muso: “Bu do‘ppi nima uchun?” deb so‘radilar keyin. Iblis: “U bilan
Odam bolalarining qalblarini ushlayman”, dedi. Muso aytdilar: “Menga xabarini ayt-chi,
Odam farzandi qaysi gunohni qilsa, unga g‘olib bo‘lasan?”. Iblis: “Nafsiga mag‘rurlansa,
amalini ko‘p sanasa va gunohini unutsa, uning ustidan g‘alaba qilaman”, deb javob
berdi.
Vahb ibn Munabbahdan (Alloh rahmat qilsin) zikr qilinadi. Alloh taolo iblisga Muhammad
(s.a.v.) oldlariga borib, savollariga javob berishni buyurdi. U chol suratida qo‘lida hassa
bilan keldi. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Sen kimsan?” “Men shaytonman”. “Nima
uchun kelding?” deb so‘radilar keyin. “Alloh taolo menga sizning oldingizga kelishimni va
savollaringizga javob berishimni buyurdi”, dedi shayton. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar:
“Ey mal’un, mening ummatim ichida sening qancha dushmaning bor?” Iblis javob qildi:
O‘n beshta:
birinchisi, siz, ikkinchisi, odil imom, uchinchisi, mutavoze’ boy, to‘rtinchisi,
sodiq savdogar, beshinchisi, Allohdan qo‘rquvchi olim, oltinchisi, samimiy, oqko‘ngil
mo‘min, yettinchisi, rahmdil mo‘min, sakkizinchi, tavbasida sobit turgan tavba qiluvchi,
to‘qqizinchisi,
haromdan taqvo qiluvchi odam, o‘ninchisi, doim tahoratda yuruvchi odam,
o‘n birinchisi, ko‘p sadaqa qiluvchi odam, o‘n ikkinchisi, odamlarga nisbatan chiroyli
xulqda bo‘lgan odam, o‘n uchinchisi, odamlarga foydasi teguvchi mo‘min, o‘n to‘rtinchisi,
Qur’onni yodlab, uni davomli qiroat qiluvchi odam, o‘n beshinchisi, kechasi odamlar
uxlaganida, ibodat qiluvchi odam”. So‘ng Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Mening
ummatim ichida nechta do‘sting bor?” Iblis javob berdi: “O‘nta.
Birinchisi, zolim
podshoh, ikkinchisi, mutakkabir boy, uchinchisi, xiyonatchi savdogar, to‘rtinchisi, aroq
ichuvchi, beshinchisi, odam o‘ldiruvchi, oltinchisi, zinokor, yettinchisi, yetimning molini
yeyuvchi, sakkizinchisi, namozga beparvo bo‘luvchi, to‘qqizinchisi, zakot bermaydigan
kishi, o‘ninchisi, uzun orzular qiluvchi. Ana shular mening do‘st-birodarlarimdir”.
954.
Xabarda zikr qilinishicha, Bani Isroil ichida xudojuy bir kishi bo‘lib, u kulbasida
ibodat bilan mashg‘ul edi. Uni Obid Barsisiy deyishdi. Duosi mustajob kishi edi. Odamlar
unga kasallarni keltirishar, u duo o‘qir, keyin kasal tuzalar edi. bir kishi iblis
shaytonvachchalarni chaqirib (ularga Allohning la’nati bo‘lsin): “Kim uni fitnaga sola
Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy
www.ziyouz.com kutubxonasi
370
oladi? U sizlarni ojiz qoldiryapti”, dedi. Shaytonlarning Ifrit degan bittasi: “Men uni
fitnaga solaman”. Agar uni fitna qila olmasam, men sizlardan emasman”, dedi. Iblis
aytdi: “U seniki”. Shayton Bani Isroil podshohlaridan birining uyiga jo‘nadi. Uning
chiroyli qizi bor edi.
U qiz otasi, onasi va opa-singillari bilan o‘tirgan edi. Shayton uni
aqldan ozdirdi. Bundan ular qattiq qo‘rqishdi. Qiz jinniga o‘xshab qoldi. Bir necha kun
o‘tganidan keyin Ifrit ularning oldilariga odam suratida kelib aytdi: “Qizingizni tuzalishini
xohlasanglar, falon rohibga olib boringlar, qizni ko‘rib, haqqiga duo qiladi”. So‘ng qizni
rohib oldiga olib borishdi. U duo qilganidan keyin qiz tuzaldi. Ammo qaytganlaridan keyin
kasali yana qaytaladi. Shayton ularning oldiga kelib: “Qizingiz tuzalishini xohlasanglar,
uni rohibning oldiga bir necha kunga tashlab kelinglar”, dedi. Qizni tashlab kelish uchun
qizni rohibnikiga olib borishdi. Rohib uni qabul qilmoqdan bosh tortdi. Ammo uni
majburlashdi va tashlab ketishdi. Rohib kunduzlari ro‘zador, kechalari qoim edi.
Shayton
qizni unga ro‘para qila olmadi. Rohib ovqatlanishga o‘tirganida, qizning jinniligi tutib,
kiyimlarini yirtib tashladi. Rohib undan yuzini o‘girdi. Bu hol uzoqqa cho‘zildi... Bir kuni
unga qaradi. U oldin hech ko‘rmagan qomat va chehrani ko‘rdi. So‘ng o‘zini tuta olmay,
u bilan qo‘shildi, qiz undan homilador bo‘lib qoldi. So‘ng shayton rohibning oldiga kelib:
“Sen kimni homilador qilib qo‘yding, bu qilgan ishing tufayli aniq podshohning jazosiga
tortilasan, endi uni o‘ldirib, kulbang oldiga ko‘msanggina qutulishing mumkin. Ular
sendan qizlarini so‘rashsa, ajali yetib o‘ldi, deb ayt. Ular senga ishonishadi”, dedi. Rohib
turib, uni o‘ldirdi va ko‘mdi. Qizning uyidagilari kelib so‘rashganida, o‘ldi, deb aytdi. Ular
ishonib, qaytib ketishdi. (Boshqa bir rivoyatda kelishicha, Rohib: “U tuzalib, uyiga ketdi”,
deb aytdi. Ular bunga ishonib qaytib ketishdi. So‘ng uylaridan surishtira boshlashdi).
Shunda shayton ularning oldiga borib aytdiki: “Rohib unga qo‘shildi, u homilador
bo‘lganidan keyin, bu ish oshkor bo‘lishidan qo‘rqib, uni o‘ldirdi va ko‘mib qo‘ydi”.
Podshoh odamlari bilan Rohibning oldiga keldi. Uni osmoqchi bo‘lib ushlashdi. U osilgan
vaqtda shayton kelib: “O‘sha ishlarni men qildim. Agar sen Allohni qo‘yib, menga sajda
qilsang, bu holdan seni qutqaraman. Ularga, u o‘ldirmagan, boshqa odam o‘ldirgan, deb
aytaman. Ular menga ishonishadi”, dedi. Rohib aytdi: “Bu
holatda qanday sajda
qilaman?” Shayton: “Boshing bilan imo qilsang ham, roziman”, dedi. Rohib unga sajda
qildi. So‘ngra shayton unga: “Men sendan bezorman”, dedi.
Alloh bu haqda aytadi:
Do'stlaringiz bilan baham: