872-hadis. Sahih. Ahmad, Ibn Xuzayma rivoyat qilgan.
873-hadis. Mavzu’. “Az-za’ifa”ga qarang.
874-hadis. Mavzu’.
SAKSONINCHI BOB DUO VA TASBEHLAR
875. Faqih Abu Lays Samarqandiy (r.a.) rivoyat qiladilar. Abdulloh ibn Abu Avfa
aytadilar: “Payg‘ambar (s.a.v.) huzurlariga bir a’robiy kishi keldi va aytdiki: “Ey
Allohning payg‘ambari, menga Qur’ondan yetarlichasini o‘rgating. Men undan hech narsa
yodlamaganman”, dedi. Payg‘ambar (s.a.v.): “Subhonallohi valhamdulillahi va la-a ilaha
illallohu vallohu akbar va la-a havla va la-a quvvata illa billahil ‘liyyil ‘azim”, deb ayt”,
dedilar. A’robiy qo‘llari bilan u beshtasini sanab ko‘rdi. Bir ozdan keyin haligi a’robiy
qaytib kelib: “Ey Rasululloh, ular Allohim uchun, men uchun nima bor?” deb savol berdi.