“Namozni to‘kis ado qiling! Albatta, namoz buzuqlik va yomonlikdan qaytarur”
(Ankabut, 45-oyat).
Hakam ibn Utayba (r.a.) aytadilar: “Kim namoz vaqtida o‘ng va chapga qarasa, uning
namozi namoz emas”.
Muslim ibn Yasor (r.a.) ahllariga aytar edilar: “ Agar men namoz o‘qiyotgan bo‘lsam,
gaplashaveringlar. Chunki men gaplaringni eshitmayman”.
Yoqub Qori’dan zikr qilinadi: U kishi namoz o‘qiyotgan paytlarida o‘g‘ri kelib,
yelkalaridagi ridolarini yulib olib qochdi. So‘ng o‘rtoqlarining oldiga bordi, ular rido
shayxniki ekanini bilishdi va unga: “Uni qaytarib ber. Biz solih kishining duosidan
qo‘rqamiz”, deyishdi. O‘g‘ri kelib yelkalariga ridoni qo‘ydi va qilgan ishiga uzr so‘radi.
Namozdan keyin u kishiga bu hodisani gapirib berishdi. U zot: “Men uning olganini ham,
qo‘yganini ham sezmadim”, dedilar.
Zikr qilinishicha, Robiatul Adaviya (Alloh uni rahmat qilsin) namozda sajda qilayotgan
edilar, nogoh ko‘zlariga qamishning bir parchasi kirib ketdi. Ammo buni faqat namozdan
chiqqanlaridan so‘ng sezdilar.
Hasan ibn Alidan (r.a.) rivoyat qilinadi. U kishi tahorat qilmoqchi bo‘lganlarida ranglari
o‘zgarar edi. Sababini so‘rashganida, aytdilar: “Men ulug‘, jabbor Allohning qudrati
oldida qoim bo‘lmoqchiman”. Agar masjid eshigi oldiga kelsalar, boshlarini ko‘tarar va:
“Ey Parvardigor, bandang eshiging oldidadir. Ey Muhsin, oldingga gunohkor keldi.
Bizning yaxshilarimizga yomonni kechirishga buyurgansan. Sen Muhsinsan, men
gunohkorman. O‘zingdagi yaxshilik sababidan mendagi yomonlikni kech, ey Karim”, deb
keyin masjidga kirar edilar.
873. Payg‘ambar (s.a.v.) bir odamning namozida soqolini o‘ynab turganini ko‘rdilar.
So‘ng: “Agar qalbi qo‘rqsa, albatta, a’zolari ham qo‘rqar edi”, dedilar.
Ali ibn Abu Tolib (r.a.) namoz vaqti kirsa, ko‘kraklari qaltirar, ranglari o‘zgarar edi. Bu
haqda so‘rashganida: “Alloh taolo yer, osmon va tog‘larga taklif qilgan, ammo ular bosh
tortgan, inson esa, qabul qilgan omonatni ado qilish vaqti keldi. Bilmaymanki, bo‘ynimga
olgan vazifamni yaxshi ado qildimmi yoki yo‘q!” deb javob berdilar.
Bu kalom Zaynul Obidin Ali ibn Husayn ibn Abu Tolibdan (r.a.) ham rivoyat qilingan.
Said ibn Jubayr (r.a.) aytadilar: “Biz Toifda ibn Abbos huzurida masjidda edik. Men,
Ikrima, Maymun ibn Mahron, Abul Oliya va boshqalar bor edi. Shu payt muazzin
mezanaga ko‘tarilib, “Allohu akbar, Allohu akbar”, deb azonni boshladi. Ibn Abbos (r.a.)
shunda yig‘ladilar. Yig‘laganlaridan ridolari ho‘l bo‘lib ketdi. Bo‘yin tomirlari shishib,
ko‘zlari qizarib ketdi. Abul Oliya: “Ey Rasululloh amakilarining o‘g‘li, bu yig‘i qanday
yig‘i? Bu qo‘rqinch nima qo‘rqinch? Bizlar ham azonni eshitayapmiz, yig‘lamayapmiz-ku,
faqat siz yig‘laganingiz uchun yig‘layapmiz”, dedi. Ibn Abbos (r.a.): “Agar odamlar
Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy
Do'stlaringiz bilan baham: |