“Sizlarning huzurlaringizdagi narsalar yo‘q bo‘lur. Alloh dargohidagi narsalar
boqiydir” (Nahl, 96-oyat). Shu bilan uni sindirdim.
9. Ko‘rdimki, u kibr eshigidan kelyapti. Uni tavozu’ bilan kutib oldim va ushbu oyat bilan
uni haydashga kuch topdim:
“Ey insonlar, darhaqiqat, Biz sizlarni bir erkak (Odam) va bir ayol (Havo)dan
yaratdik hamda bir-birlaringiz bilan tanishishinglar (do‘st, birodar
bo‘lishinglar) uchun sizlarni (turli-tuman) xalqlar va qabila-elatlar qilib
qo‘ydik. Albatta, sizlarning Alloh nazdidagi eng hurmatlirog‘ingiz
taqvodorrog‘ingizdir. Albatta, Alloh biluvchi va ogohdir” (Hujurot, 13-oyat). Va
uning eshigi shu bilan sindi.
10. So‘ngra ko‘rdimki, u tama’ tomonidan kelyapti. Uni odamlarga qaram bo‘lmaslik va
Alloh huzuridagi narsaga ishonch bilan kutib oldim. Unga qarshi esa, ushbu oyat bilan
kurashdim:
“Kim Allohdan qo‘rqsa, U zot uning uchun (barcha g‘am-kulfatlardan) chiqar
Do'stlaringiz bilan baham: |