Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy
www.ziyouz.com kutubxonasi
367
2. Qarasam, shayton hayot va uzun orzular bilan kelyapti, uni to‘satdan keluvchi o‘lim
xavfi bilan kutib oldim. So‘ng Allohning kitobidan unga qarshi ushbu oyatni topdim:
“Biror jon qaerda o‘lishini ham bila olmas” (Luqmon, 34-oyat). Va uning eshigini
sindirdim.
3. Ko‘rdimki, shayton keyin rohat va ne’mat tomonidan kelyapti. Uni ne’matning zavoli
va yomon hisob-kitob bo‘lishi bilan kutib oldim. So‘ng uni daf’ qilish uchun Allohning
ushbu so‘zlarini topdim:
“(Ey Muhammad) ularni qo‘yavering, yeb-ichib, foydalanib qolsinlar...” (Hijr, 3-
oyat),
Do'stlaringiz bilan baham: