“Ularning yuzlarida sajda izidan (qolgan) belgi-alomatlari bordir” (Fath, 29-
oyat). Ular: “Labbay, Allohning da’vatchisi”, deyishadi. Alloh aytadi: “Ey ummati
Muhammad, Nuhga guvohlik berasizlarmi?” “Ha, biz guvohlik beramiz. U kishi risolatni
ularga yetkazdilar, omonatni ado qildilar”, deyishadi. Nuhning (alayhissalom) ummati:
“Nuh avval o‘tgan bo‘lsa, qanday qilib bir zamonda yashamagan kishilariga guvohlik
berishadi?” deb aytishadi. “Alloh taoloning payg‘ambari Muhammadga (s.a.v.) nozil
qilgan:
“Darhaqiqat, Biz Nuhni “Qavmingni ularga alamli azob kelib qolishidan ilgari
ogohlantirgin”, deb qavmiga payg‘ambar qilib yuborganmiz” (Nuh, 1) oyatini
o‘qiganmiz”, deyishadi. Alloh taolo: “To‘g‘ri aytdinglar, Ey Muhammad ummati. Nafsimga
qasamki, hech kimni hujjatsiz azoblamayman. Ey Muhammad ummati, oralaringizda
bo‘lgan zulmlarni bir-biringizdan kechib yuboringlar. Men sizlar bilan o‘zimning oramda
bo‘lganlarini kechdim”, deydi”.
_________________
Do'stlaringiz bilan baham: |