“Albatta: “Parvardigorimiz Allohdir”, deb, so‘ngra (yolg‘iz Alloh taologa toat-
ibodat qilishda) to‘g‘ri – ustivor bo‘lgan zotlar” (Fussilat, 31-oyat), degan oyatini
eshitmaganmisan?”
Hakimlar aytishadi: “Mustaqim (to‘g‘ri yo‘lda yurgan) kishi toqqa o‘xshaydi. Tog‘da to‘rt
alomat bor: u issiqda erimaydi; sovuqda muzlamaydi; shamolda qimirlamaydi; sel
oqizib ketolmaydi.
Shuningdek, mustaqim kishida ham to‘rtta alomat bordir: unga bir inson yaxshilik qilsa,
shu yaxshilik sababidan u insonga nohaq narsada moyil bo‘lmaydi; unga bir inson
yomonlik qilsa, shu yomonlik uni nohaq narsani aytishga olib bormaydi; havoyi nafsi uni
Alloh taoloning buyrug‘idan chekkaga chiqara olmaydi; dunyo matolari uni Alloh taolo
toatidan to‘xtatolmaydi”.
Aytishlaricha, yetti narsa yaxshilik xazinasidan. Ularning har biri Alloh kitobi ila vojib
bo‘lgandir:
1. Ibodatda ixlosli bo‘lish. Alloh taolo aytadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |